Kurtua Evro-2024'da ishtirok etmaydi

Оқил Абдубарноев
2 may 2024, 21:04
Belgiya terma jamoasi va "Real Madrid" klubi darvozaboni Tibo Kurtua Germaniyada o'tkaziladigan Yevropa Chempionatida qatnashmaydi.

Bu haqda terma jamoa bosh murabbiyi Domeniko Tedesko ma'lum qildi. Uning aytishicha, darvozabon jarohati sababli mavsumning katta qismini o'tkazib yubordi va maydonga tushishga tayyor emas.

31 yoshli posbon tizzasidagi jiddiy shikastlanish tufayli avgust oyidan beri davolanmoqda. Biroq u yaqin vaqt ichida klubda o'yin amaliyotiga ega bo'lishi mumkin.

Tedesko Germaniyaning "Kicker" nashriga bergan intervyusida, murabbiylar yaxshi sport formasida bo'lgan futbolchilarga e'tibor qaratayotganini aytdi. Italiyalik mutaxassis Evro-2024 uchun yakuniy ro'yxatni hali e'lon qilgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Kicker