Osiyo CHempionlar ligasi finalini o'zbekistonlik hakamlar boshqaradi
02 may 2024 20:59
Yangiliklar
Osiyo CHempionlar ligasi finalini o'zbekistonlik hakamlar boshqaradi
Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi Osiyo CHempionlar ligasi qiluvchi o'yinini boshqarib boradi.
Qitaning klublar o'rtasidagi eng nufuzli turnirida final qarama-qarshiligi ikki uchrashuvdan iborat bo'ladi.
G'arb va SHarq mintaqasidan OCHL finaliga Birlashgan Arab Amirliklarining "Al Ayn" hamda Yaponiyaning "Yokogama Marinos" klubalri yo'l olgan. Mazkur qarama-qarshilikning 25 may kuni o'tkaziladigan javob uchrashuvini boshqarish Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar jamoasiga ishonib topshirildi. Finalning dastlabki o'yini 11 may kuni Yaponiyada bo'lib o'tadi.

Unga qanotlarda Andrey Capenko va Timur Gaynullin yordam bersa, Rustam Lutfullin zaxira hakami vazifasini bajaradi.
SHuningdek, yana bir hamyurtimiz Sanjar SHoyusupov zaxira yordamchi hakami vazifasida ishlaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar