Ro'ziqul Berdiev: "Biz uchun asosiy muammo - iqlim"

Aslanov Jasurbek
16 sen 2026, 00:45
"Al Halidiya" hamda "Nasaf" o'rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasi o'yinidan avval qarshiliklar ustozi Ro'ziqul Berdiev va darvozabon Abduvohid Ne'matov matbuot anjumanida qatnashishdi.

Ro'ziqul Berdiev: “Bu turnirdagi dastlabki bahs. Ikkala jamoa ham musobaqani yaxshi boshlashga harakat qiladi. Ushbu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Raqibimiz kuchli, tarkibada mahoratli futbolchilar bor”

Abduvohid Ne'matov: “Turnirga tayyormiz. Musobaqani g'alaba bilan boshlab, muxlislarimizni xursand qilishga intilamiz. Bu yerdagi iqlim? Ikkala jamoa ham bir xil sharoitda to'p tepadi. Borimizni berib harakat qilamiz”.

- Bahraynda oxirgi o'yiningiz 2021 yilda bo'lgan. O'shanda OFK Kubogi finalida “Al Muharraq”ga 0:3 hisobida mag'lub bo'lgansiz. Bu sizga ta’sir qiladimi?
- Bu voqea ancha avval sodir bo'lgan. Ammo finalda ishtirok etish ham yomon natija bo'lmagan. Ertangi bahsdagi natija finaldan farq qiladi.

- Raqib jamoadagi eng muammoli futbolchi kim deb o'ylaysiz va mahalliy iqlim jamoangizga ta’sir ko'rsatadimi?
- Biz uchun asosiy muammo - iqlim. Raqib tarkibi safida tajribali, yaxshi legionerlar bor ekan. Yigitlarga ular haqida etarlicha ma'lumot berdik. Havo issiq, namlik yuqori, ammo shunga qaramay borimizni berib, g'alaba uchun harakat qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати