Bir qancha jamoalar "CHelsi" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
02 may 2024 17:53
Yangiliklar
Bir qancha jamoalar "CHelsi" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
"Ko'klar" Romelu Lukakuni qo'yib yuborishga tayyor.
Angliyaning "CHelsi" jamoasi hujumchisi Romelu Lukakuga bir qancha klublar tomonidan qiziqish bor, deya xabar berdi "La Gazzetta dello Sport".
Xabar qilinishicha, klublar 30 yoshli Lukaku uchun takliflar yuborishga tayyor. "Ko'klar" ham hujumchisini qo'yib yuborishga rozi, uning tovon puli – 38 million funt. "CHelsi" bu pulni "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen transferida ishlatadi.
Romelu Lukaku joriy mavsum ijara asosida "Roma"da o'ynamoqda. U Rim klubida 42 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar