SHerzod Esanov: "Stadiondagi atmosfera har doimgidan ham ajoyib bo'ldi"
29 apr 2024 16:34
Yangiliklar


SHerzod Esanov: "Stadiondagi atmosfera har doimgidan ham ajoyib bo'ldi"
O'zbekiston Kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan "Andijon" – "Nasaf" (1:0) uchrashuvidan so'ng "burgutlar" futbolchisi SHerzod Esanov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin oldindan qiyin o'tishini bilgandik. SHu bois har tomonlama munosib tayyorgarlik ko'rdik. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi sababli yaxshi natijaga erishdik deb o'ylayman. Stadiondagi atmosfera har doimgidan ham ajoyib. Asosiy vazifani bajardik.
Asosiy tarkibda tushamanmi yoki ikkinchi bo'limdami – bu murabbiyning tanlovi. Jamoamning g'alabasi muhim hisoblanadi.
OTJdagi do'stlarimizga, akalarimizga omad tilayman. Kamida Olimpiada yo'llanmasi va chempionlik bilan qaytib, xalqimizni xursand qilishsin", – deydi SHerzod Esanov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar