Umar Eshmurodov “Nasaf” bilan xayrlashdi

Mirjalol Normatov
15 dek 2023, 22:17
"Nasaf" matbuot xizmati jamoa himoyachisi va sardori Umar Eshmurodovning jamoadan ketganini ma'lum qildi.

"So'nggi yillarda jamoamiz sardori bo'lgan tajribali himoyachi Umarbek Eshmurodov bilan klub o'rtasidagi hamkorlik o'z nihoyasiga etdi. 

2016 yil klubimiz a'zosiga aylangan Umarbek jamoamizga ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritishga o'zining munosib hissasini qo'shdi. Futbolchi klubimiz a'zolari bilan do'stona xayrlashdi. Biz ham jamoamizning ko'p sonli muxlislari nomidan Umarbekning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz", - deb yoziladi klub rasmiy bayonotida.

31 yoshli futbolchi ushbu mavsumda 31 uchrashuvda maydonga tushdi va 2ta golga assist vazifasini bajardi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати