So’nggi yangiliklar

13:10"Манчестер Юнайтед"нинг собиқ футболчиси АҚШга йўл олиши мумкин  0 12:35Эшитдик-да! "Андижон"га бўйдор легионер ҳимоячи келмоқда  7 12:22Расман: "Ювентус" португалиялик ҳимоячи сотиб олди  2 12:03АҚШнинг хусусий инвестиция компанияси А Серия клубининг 100% акциясини сотиб олди  0 11:52ЎФА учта клубнинг трансфер тақиқини шартли равишда бекор қилди  1 11:48Мафтуна Шойимова: "Тўплар нисбати якунда юқорироқ ўрин эгаллаш учун керак бўлиб қолиши мумкин"  0 10:17Феруза Турдибоева: "Ўз ўйинимизни намойиш эта олдик"  1 10:06«Реал Мадрид» ТОП ҳимоячи билан деярли келишувга эришди  7 09:33Маркус Рашфордга асосий даъвогарлар маълум  1 08:55Неймар фаолиятини МЛСда давом эттириши мумкин  2 08:13«Ливерпуль» «Ал Ҳилол»нинг 80 миллион евролик таклифини қабул қилмади  3 07:45Франция Кубоги. Бешинчи лигадан бўлган клуб "Лион"ни Кубокдан чиқариб юборди, ПСЖда эса қийин ғалаба  1 07:37«Айнтрахт» ва «Манчестер Сити» келиша олишмаяпти  0 06:50Испания кубоги. "Атлетико Мадрид" йирик хисобда ғалаба қозонди  0 03:06АПЛ. "Арсенал" "Тоттенхэм" устидан иродали ғалаба қайд этди  9

“Murabbiy menga bir o'yinda ikkita gol urishimni, shundagina butsi olib berishini aytar edi, men esa shu o'yinda uchta gol urardim”. Oddiy dehqon oilasidan chiqqan Jasur Yaxshiboev haqida Yangiliklar

“Murabbiy menga bir o'yinda ikkita gol urishimni, shundagina butsi olib berishini aytar edi, men esa shu o'yinda uchta gol urardim”. Oddiy dehqon oilasidan chiqqan Jasur Yaxshiboev haqida

O'zbek futbolida har yili yosh va iqtidorli futbolchilar kashf etiladi, ular katta futbolga qadam qo'yadi.

Ularni katta futbolda saqlab qolish avvalo o'sha futbolchining o'ziga, keyin esa murabbiyga ham bog'liq. Katta futbolda o'zini yo'qotib qo'ymagan, grand jamoa safidan ketgan bo'lsa ham boshqa jamoalarda o'z o'rnini topishga intilgan Jasur Yaxshiboev haqida so'z yuritamiz.

Futbolga bo'lgan qiziqish, professional faoliyatning boshlanishi

Jasur Yaxshiboev o'zining futbolga kirib kelishiga asosiy sabab bo'lgan kishilar sifatida bobosi va buvisini aytgan. Bu haqda uning o'zi "Offsayd" loyihasiga bergan intervyusida shunday eslaydi:

“Ular mening mahallada futbol o'ynab yurganimni, bu sport turiga qiziqishimni ko'rib, bilishgan. Bir kuni televizorda elon berilgan, unda 1997 yilda tug'ilgan yosh iqtidor egalarini futbol to'garagiga taklif qilishgan. SHundan keyin bobom va buvim meni o'sha to'garakka olib borgan”.

Jasur Yaxshiboevning so'zlariga ko'ra, u oddiy dehqon oilasidan chiqqan. “SHunday paytlar bo'lganki, aynan oilaviy sabablarni, deb futbolni tashlamoqchi ham bo'lganman. Murabbiyim Jasur Abduraimov esa bunga ko'nmagan, hattoki turli hududlarga musobaqalarga chiqqanimizda ham murabbiyim o'zining yonidan pul to'lab, meni olib ketardi. Yana shunday vaqtlar bo'lganki, butsi olishga pulim bo'lmagan edi. Murabbiy menga bir o'yinda ikkita gol urishimni, shundagina butsi olib berishini aytar edi, men esa shu o'yinda uchta gol urardim”, - deydi u.

SHota Arveladze bilan munosabati yomonlashuvi, "Paxtakor"dan ketishi

“SHota bilan aloqamiz yaxshi edi. U menga ishonib OCHL saralash o'yinida maydonga tushirgandi. O'yin davomida o'z o'yinimni ko'rsata olmay, asabiylashdim, shundan keyin meni Arveladze zaxiraga oldi. Maydondan chiqib ketayotganimda u menga qo'l cho'zgan, lekin men uni ko'rmasdan qo'limni uzatmaganman. SHundan so'ng oramizga sovuqchilik tushdi, 1 oyga meni chetlatgan, xullas oramiz yomonlashgandi.

Keyin esa menga AGMK jamoasidan taklif tushdi va transfer oynasi yopilishiga 1 kun qolganida olmaliqliklar safiga ko'chib o'tdim. Mirjalol Qosimovning shaxsan o'zi telefon qilib taklif qilgandi. U erda 9 ta o'yinda maydonga tushganman, biroq biror marta ham gol urmagandim”, - deydi Jasur Yaxshiboev.

Belarusga ketishi haqida

U Belarus klubiga ketish haqida eslarkan 2018 yilning avvalida 23 yoshgacha bo'lgan Osiyo chempionatida O'zbekiston OTJ bilan bo'lgan chempionlikdan so'ng unga turli jamoalardan takliflar bo'lganini ham aytib o'tdi. Jasur Yaxshiboev 2020 yilning fevral oyida Belarusning "Energetik-BGU" jamoasiga o'tdi.

“Men esa ularning orasidan Belarus klubi bo'lgan "Energetik"ni tanladim. 2020 yilda butun dunyoda hukmronlik qilgan pandemiya vaqtida Belarusda futbol davom etdi. SHunda o'zimni ko'rsatib olish uchun imkoniyat yaxshi edi, koronavirus shu vaqtlarda yaxshi foyda berdi, deya olaman. "Energetik" jamoasida hamma yigitlar yosh edi. U klub yosh iqtidorlarni chiqarib beradigan jamoa edi. Jamoaga borganimdan keyin murabbiy o'rtoqlik uchrashuvlarida hujumga qo'ya boshladi. Murabbiy menga ishondi, ko'rsatma berdi va men hujum chizig'ida o'zimning yaxshi tomonlarimni ko'rsatishni boshladim”, - deydi u.

Jasur Yaxshiboev "Energetik"dagi o'yinlaridan keyin unga ko'p klublar qiziqa boshlaganini aytgan.

“BATE, "Dinamo2 (Minsk), "Dinamo" (Brest)... Muzokaralar jarayonida to'liq qatnashmaganman, agentim hal qildi. Ayni paytda "SHaxtyor" moliyaviy jihatan boshqalardan ustun hisoblanadi, shuning uchun aksar yaxshi futbolchilar Soligorsk klubiga o'tmoqda, biz ham shu variantni tanladik. Menga BATE 5 yillik shartnoma taklif qildi, ammo "SHaxtyor" bilan 6 oylik bitim tuzdik”, - deydi u Championat.asia`ga bergan intervyusida.

Mavzuga doir: Mutolaa uchun. Yaxshiboev "SHaxtyor"da o'zini noqulay his etganmidi?

"Legiya" jamoasiga o'tishi haqida

2021 yilning fevral oyida Jasur Yaxshiboev Polshaning 14 karra chempioni bo'lgan «Legiya» klubi bilan shartnoma imzoladi.

"Belarus chempionatining o'tgan mavsumida hujumchi sifatida o'ynadim. Menga hujumkor o'yin uslubi yoqadi, o'zimni raqib yarim maydonida qulayroq his qilaman. YouTube orqali "Legiya" haqida ko'p narsalarni bilib oldim. Bu erda ajoyib muhit va jonkuyar muxlislar bor. Bilaman, klub Evropa CHempionlar Ligasida ham o'ynagan.

O'zbekiston chempionatida ko'plab gollar urmaganimning sababi shundaki, "Paxtakor" safida o'ng qanot vingeri edim va o'yin amaliyoti juda kam edi. SHu tufayli o'zimni ko'rsata olmaganman", - deydi Jasur Yaxshiboev Polsha klubi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

“Real Madrid”ga urilgan gol

2021 yilning avgust oyi oxirida Moldovaning "SHerif" klubi Jasurbek Yaxshiboev bilan shartnoma imzoladi.

U ECHL doirasida Madridda "Real"ga qarshi o'yinda gol urdi va jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi. 

Mavzuga doir: Jasur Yaxshiboevning goli haqida "Tvitter nima deydi?"  

“Yoshligimdan “Real Madrid” jamoasining stadionini televizorda ko'rganman. SHu stadionda o'ynashni orzu qilardim. Oldingizda yulduzlar turganida hayajon boshqacha bo'ladi. Yaqindagina televizor orqali ko'rgan futbolchilaringiz bilan bir maydonda bo'lsangiz boshqacha hissiyot o'tadi. "Real"ga gol urishni har bir futbolchi niyat qiladi, jumladan, men ham. Va men shu niyatimga erishdim”, - degan Jasur Yaxshiboev "Sport" kanaliga bergan intervyusida.

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика