Ozarbayjon. "Sumqayit" mavsumni yirik g'alaba bilan yakunladi, Jaloliddinovdan ikkita, Abdixoliqovdan bitta assist
24 may 2025 07:20
Yangiliklar
Ozarbayjon. "Sumqayit" mavsumni yirik g'alaba bilan yakunladi, Jaloliddinovdan ikkita, Abdixoliqovdan bitta assist
Ozarbayjon chempionatining so'nggi 36-turida "Sumqayit" safarda autsayder "Sebail" jamoasini yirik hisobda mag'lub qildi.
Bahsda hamyurtlarimiz o'ynaydigan "Sumqayit" yirik g'alabaga erishdi. Bahsda Jasur Jaloliddinov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 9-daqiqada sariq kartochka olib, 67-daqiqada joyini Roi Kexatga bo'shatib berdi. Jasur gollarning ikkitasiga assist qayd etdi. Yana bir hamyurtimiz Bobir Abdixoliqov esa 67-daqiqada Silvanus Nimeli o'rniga o'yinga qo'shildi va 79-daqiqada Ronaldo Vaskesning goliga assist vazifasini bajardi.
Hozircha chempionat to'laqonli yakunlangani yo'q. Jadval bilan tanishib quyida olishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar