Gruziyalik vinger faoliyatini "Nasaf"da davom ettiradi

1 avg 2026, 13:30
Gruziyalik vinger Paata Gudushauri "Nasaf" bilan shartnoma imzolashga yaqin.

Saytimiz bosh muharriri Narzulla Saydullaevning ma'lumotiga ko'ra, 29 yoshli futbolchi yaqin kunlarda "Nasaf" klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Gudushauri so'nggi mavsum Gruziyaning "Iberiya" klubida faoliyat olib bordi va 19 o'yinda maydonga tushib, 4 gol va 1 assist qayd etdi. U asosan o'ng qanot vingeri sifatida harakat qiladi, shuningdek, chap qanot va hujum ortida ham o'ynay oladi.

Hozirda futbolchi erkin agent maqomida bo'lib turibdi. "Transfermarkt" portali uning transfer qiymatini 250 ming evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: t.me/PenaltyNarzulla