"Barselona" yozgi to'rtinchi transferini amalga oshirdi

1 avg 2026, 13:35
"Barselona" rasman "Bryugge" vingeri Jessi Bisivu bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Kataloniya klubi 18 yoshli iqtidorli futbolchi uchun 8,5 million evro to'laydi. Shuningdek, kelishuvga ko'ra, "Bryugge" kelajakdagi transfyerdan 20 foiz ulush oladi.

Bisivu "Barselona" bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. U o'tgan mavsumda "Bryugge" akademiyasidan asosiy jamoagacha ko'tarilib, o'zining tezkorligi, driblingi va qanotdagi faol harakatlari bilan Yevropa skautlari e'tiborini tortgan edi.

Eslatib o'tamiz, bu "Barselona"ning joriy yozgi transferlar oynasidagi to'rtinchi xaridi bo'ldi. Bunga qadar kataloniyaliklar Entoni Gordon, Karim Adeyemi va Hamza Abdelkarimni o'z safiga qo'shib olgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: fcbarcelona.com