

Kunning markaziy bahslaridan birida Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi "Buxoro" o'z maydonida "Lokomotiv"ni qabul qiladi.
Jamoalar shu kunga qadar Buxoroda o'tgan 16 ta uchrashuvda to'qnash kelishgan. Ushbu bellashuvlardagi statistika mehmonlar foydasiga so'zlamoqda:
"Lokomotiv" g'alabasi: 8 ta
"Buxoro" g'alabasi: 3 ta
Durrang: 5 ta
Qiziqarli fakt: "Buxoro" o'z maydonida "Lokomotiv"ni oxirgi marta 2016 yilgi mavsumda mag'lub etgan. Shundan so'ng o'tkazilgan 5 ta ketma-ket bahsda "temiryo'lchilar" safardan 3 ochko bilan qaytishgan. Ushbu 2016 yilgi muvaffaqiyat buxoroliklarning nafaqat o'z uyida, balki o'zaro o'yinlardagi eng so'nggi g'alabasi bo'lib turibdi.
Jamoalar Superliga doirasida oradan 6 yil o'tib yana Buxoroda to'qnash kelishmoqda (so'nggi bor 2020 yilgi mavsumda kuch sinashishgan edi).



