Fakt. Mirko Yyelichich Aleksandr Xomyakovga mag'lub bo'lmagan

Iskandarov Abdulaziz
1 avg 2026, 17:55
Superliganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Lokomotiv" qarama-qarshiligi shunchaki ochkolar uchun kurash emas, balki maydondagi murosasiz taktik duel bo'lishi kutilmoqda.

Bu bahs nafaqat ikki tajribali jamoaning, balki ikki turfa futbol falsafasi egalari - Aleksandr Xomyakov hamda Mirko Yyelichichning o'zaro hisob-kitob maydoniga aylanadi.

Murabbiylar statistikasiga nazar tashlasak, Xomyakov shu kunga qadar murabbiylik faoliyatida Yyelichich jamoalarini mag'lub eta olmagan. Bu mutaxassislar ilk va hozircha yagona bor 2015 yilda to'qnash kelishgan edi. O'shanda Xomyakov boshqaruvidagi Muborakning "Mashal" klubi o'z maydonida Yyelichich ustozlik qilayotgan "Lokomotiv"ga minimal 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Ma'lumot uchun, uchrashuv 20:30 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia