Rasman: Jasur Yaxshiboev Polshaning 14 karra chempioni bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
13 fev 2021, 17:45
O'zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Yaxshiboev faoliyatini Polshada davom ettiradi.

O'tgan mavsum Belarus chempionatida to'p tepgan Yaxshiboev Varshavaning "Legiya" klubi bilan shartnoma tuzdi. Bu haqda "Legiya" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lumot uchun, "Legiya" klubi 1916 yil mart oyida tashkil etilgan. Uy o'yinlarini 31800 tomoshabinga mo'ljallangan "Voyska Polskogo" stadionida o'tkazib keladi. Ayni paytda jamoani mahalliy murabbiy Cheslav Mixnevich boshqarib bormoqda.

"Legiya" 14 marta mamlakat chempioni bo'lgan, 19 marta mamlakat kubogini qo'lga kiritgan va 4 bor Polsha Superkubogida g'olib bo'lgan.

O'tgan mavsum Polsha chempioni bo'lgan klub ayni paytda milliy chempionatda 16ta turdan so'ng 32 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. Peshqadam "Pogon" klubida 34 ochko mavjud.

Bugungi kunda "Legiya" safida Artur Boruc, Tomash Pekxart, Bartosh Kapustka kabi mashhur futbolchilar to'p tepishmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia