

Mata Madridning "Real" va "Real Ovedo" klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida "Valensiya", "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Galatasaray", "Vissel Kobe" hamda "Vestern Sidney" jamoalari sharafini himoya qilgan. Xuan Ispaniya terma jamoasi safida 41 ta uchrashuv o'tkazgan.
Futbolchining so'nggi klubi "Melburn Viktori" bo'ldi. U 2025/26 yilgi mavsumda Avstraliya chempionatida mazkur jamoa libosida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma'lumot uchun, Mata jahon chempionati, Yevropa chempionati, CHL, Yevropa Ligasi bosh sovrinlarini qo'lga kiritgan, shuningdek, Turkiya va Yaponiya chempioniga aylangan.



