

Biroq taklif qilingan davolash usuli nigeriyalik futbolchini jiddiy qo'rqitib yuborgan.
"Xitoyda o'ynab yurgan paytimda jarohat oldim. Shifokorlar menda yorg'oq va jinsiy a'zom tomon kengayib borayotgan churra borligini aytishdi. Ular uni amputaciya qilishga to'g'ri kelishini ma'lum qilishdi. Rafiqam menga Londonga qaytishni maslahat berdi va u yerdagi tekshiruvlardan so'ng shunchaki mushaklarim cho'zilgani aniqlandi", – dedi Mikel.
Shu tariqa, Buyuk Britaniyadagi qayta tekshiruv futbolchiga xitoylik mutaxassislar taklif qilgan operaciyadan qutulib qolish imkonini bergan.
Eslatib o'tamiz, Jon Obi Mikel 2017-2018 yillarda Xitoyning "Tyanczin Teda" klubi sharafini himoya qilgan. Nigeriyalik yarim himoyachi eng katta shuhratni "Chelsi" safidagi o'yinlari orqali qozongan bo'lib, londonliklar bilan Chempionlar Ligasi, ikki bor Angliya Premer-ligasi chempionligi va boshqa qator sovrinlarni qo'lga kiritgan.
Shuningdek, u Nigeriya terma jamoasi tarkibida 2013 yilgi Afrika Millatlari Kubogi g'olibi va 2016 yilgi Olimpiya o'yinlari bronza medali sohibiga aylangan.



