"Unga bu lanati kalitlarni bering". Obi Mikel MYUni boshqarishi kerak bo'lgan murabbiyni aytdi

Aslanov Jasurbek
28 okt 2026, 21:21
"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Jon Obi Mikel "Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri "Manchester Yunayted"da Maykl Kerrikning o'rnini egallashi kerakligi haqida fikr bildirdi.

Ma'lumot o'rnida, 31 oktyabr, shanba kuni "Manchester Yunayted" APLning 9-turi doirasida "Chelsi"ga qarshi maydonga tushadi.

"Men Unai Emerini tanlagan bo'lardim. Uning "Aston Villa"ni tark etishiga ko'zim yetmaydi, biroq, eshiting, unga bu lanati kalitlarni bering... Agar siz unga cheklanmagan mablag' taqdim etib: Unai, biz boshqa bu yo'ldan yurishni istamaymiz, muxlislar klubdagi holatdan charchadi, barchasini yangitdan boshlash uchun aynan sen bizga keraksan, desangiz ish berishi mumkin", - dedi Obi Mikel The Obi One Podcast YouTube-kanalida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Obi One Podcast