Muhammadqodir Abdullaev: "Futbolchi sifatida xotira turnirida ishtirok etganimdan xursandman"
10 may 2014 10:00
Yangiliklar
Muhammadqodir Abdullaev: "Futbolchi sifatida xotira turnirida ishtirok etganimdan xursandman"
Taniqli bokschi, mamlakatimizdagi boks bo'yicha yagona Olimpiada chempioni, O'zbekiston iftixori faxriy unvoni sohibi, qator davlat mukofotlari egasi Muhammadqodir Abdullaev kecha Farg'ona viloyatining Buvayda tumanida tashkil etilgan futbol xotira turnirida ishtirok etdi.
Dinamo va Farg'ona viloyati faxriylari o'rtasida kechgan bahsda Abdullaev faxriylar jamoasida maydonda javlon urdi. Uchrashuvdan so'ng Muhammadqodir o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Guvohi bo'lganingizdek, Yangiqo'rg'on tumanida 9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan futbol shousi tashkil etildi. Ushbu tadbirda shunchaki faxriy mehmon sifatida emas, maydonda futbolchi bo'lib harakat qilganimdan xursandman. Boksmi yoki futbol? Muhimi, barchamiz mamlakatimiz sporti rivoji yo'lida ishlashimiz kerak.
Tumanlarda mana shunday futbol o'yinlarini ko'proq tashkil etib, muxlislarga xursandchilik ulashish kerak, deb o'ylayman. Bugungi uchrashuvni tashkil etgan tashkilotchilarga o'zimning samimiy minnatdorchiligimni izhor etaman.
Qaysi sport turi bo'lmasin, asosiysi sportchilarimiz hamisha yurtimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilib, bayrog'imizni sarbaland ko'tarishsin! CHunki, sport bu bir oila demakdir, - deydi Abdullaev.
Islombek Rustambekov yozib oldi

Fikrlar