So’nggi yangiliklar

20:38"Барселона" ўйинчиси 2025 йилга қадар сафдан чиқди  2 19:25Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Венгрияга қарши ўртоқлик ўйинлари ўтказади  3 19:06Футбол олами. Хайр, "Насаф", ОКМК ва "Локомотив": Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичи якунлари   2 18:40Карвонларга посбон бўлган сарбон билан Париж сари борамиз  3 18:25"Атлетико" Облакни сотишга тайёр  4 17:56Баҳром Вафоев номидаги стадион прожекторлари талаб даражасига етди  4 17:32"Сурхон" собиқ устози "Нефтчи"да иш бошлади  5 17:15Ўзбекистонлик назоратчи Ироқ – Индонезия баҳсида фаолият юритади  3 16:49Ана холос! Испания УEФА ва ФИФА шафелигидаги мусобақалардан четлаштирилиши мумкин  10 16:30U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон финалда Японияга қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  11 16:10Модрич афсонавий Ференц Пушкаш рекордини янгилади  4 15:40 "Бунёдкор" академияси тарбияланувчилари Хорватияга боради   0 15:20Ихтиёр Ропиев: "Осиё кубогидаги энг яхши ўйинимиз Эрон билан бўлди"  1 14:59U-23 Осиё Кубоги финалини эронлик ҳакам бошқаради  2 14:33"Челси" "Манчестер Сити" юлдузига кўз тикди  2

"Muhammadanas Hasanovni Qo'qondan ketganini "Lokomotiv"ga o'tgach bildik" - Baxtiyor Ashurmatov Yangiliklar

"Muhammadanas Hasanovni Qo'qondan ketganini "Lokomotiv"ga o'tgach bildik" - Baxtiyor Ashurmatov

"Qo'qon-1912" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni Qo'qonda davom ettirmoqda.

Jamoa azolari ayni paytda hozirlikning birinchi bosqichini yakunlashmoqda. Keyingi bosqich 11 va 21 yanvar sanasi oralig'ida Toshkentda olib boriladi. Albatta? barchani qiziqtirayotgan masala, bu – tarkib. Qishki transferlar oynasi vaqtida jamoani bir qator etakchilar tark etishmoqda. Biz bu borada "shunqorlar" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovning fikrlarini tingladik. 

- Dastlab o'z sog'lig'ingiz haqida malumot berib o'tsangiz. O'tgan mavsumda sog'lig'ingiz bilan bog'liq muammolar yuzaga kelgan edi...

- Assalomu alaykum. Avvalo, xalqimizni, futbol muxlislarini kirib kelgan yangi 2022 yil bilan tabriklayman. Ilohim, yurtimiz doimo tinch bo'lsin. Muxlislarimizga esa sog'-salomat yurishlarini, o'zbek futboli uchun yangi yil omadli kelishini tilab qolaman. To'g'ri, o'tgan yili sog'lig'imda jiddiy muammolar yuzaga kelgan edi. Ozgina etiborsizligim tufayli jarrohlik amaliyotini o'tkazishimga to'g'ri keldi. SHifokorlar besh yarim soat davomida operaciya qilishdi. Xudoga shukur, muvaffaqiyatli yakunlandi. Bundan keyin malum vaqt davolanish jarayonini olib bordim. Xudoga shukur, ayni paytda sog'lig'im bilan bog'liq muammolar ortda qoldi. Xudo xohlasa, joriy yilda bunday holatlar ishimga tasir qilmaydi. 

- "Qo'qon1912" ilk boshqargan mavsumingizda 5-o'rin, o'tgan mavsum 8-o'rinni egalladi. Mavsumlardagi ikki xil natijada nima asosiy rol o'ynadi?

- To'g'ri. Jamoani qabul qilib olgan yilimda kuchli beshtalikda mavsumni tugatdik. Lekin ikkinchi mavsum har tomonlama og'ir o'tdi. Birinchidan, sog'lig'imda muammo yuz berdi. Ikkinchidan, selekciya ishlarini ko'ngildagidek o'tkaza olmadik. Jamoani kuchaytirish o'rniga etakchimiz Quvondiq Ro'zievni yo'qotdik. Bu biz uchun katta yo'qotish hisoblanardi. Afsuski, o'z maydonimizdagi o'yinlarda omadimiz kelmadi. O'yin tashkillashtirishda qiynalib, ochkolar qo'ldan boy berildi. Yuqoriroq o'rin uchun kurashadigan istalgan jamoa o'z maydonida yaxshiroq o'yin ko'rsatishi zarur. Mana shu omillar turnir jadvalida pastki o'rinlarni egallashimizga sabab bo'ldi. 

- Qishki transferlar oynasi vaqtida SHohnazar Norbekov, Suhrob Berdiev, Muhammadanas Hasanov, Andrey Sidorov, Farhod Bekmurodov singari futbolchilar jamoani tark etdi. Ketganlarning barchasi nomdor ijrochilar. Ularni saqlab qolishning imkoni bo'lmadimi?

- Fikringizga qo'shilaman. Malum sabablarga ko'ra etakchi o'yinchilarimiz boshqa jamoalarga yo'l olishdi. Biz bajonidil ularni olib qolgan bo'lardik. SHohnazar Norbekov, Muhammadanas Hasanov, Asadbek Sobirjonovning ketishi jamoamiz uchun katta yo'qotish. Suhrob Berdiev bilan do'stona ravishda xayrlashdik. Andrey Sidorov bir necha yildan beri o'ziga kelayotganida "Navbahor"ga o'tishga qaror qildi. Bu qaror qanchalik to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini vaqt ko'rsatadi. Ularning hammasiga o'zimning minnatdorchiligimni bildiraman. Ayrim vaziyatlarda insonlarning fikrini eshitib hayron qolaman. Emishki, murabbiy qaysidir o'yinchini sotdi yoki ketkazib yubordi. Vaholanki, kuchli futbolchilarning jamoada qolishi murabbiyning yutug'i. Ayni paytda bu o'yinchilarning o'rnini to'ldirish biz uchun qiyin. Norbekovdan juda minnatdorman. O'tgan yili unga manfaatli taklif bo'lganiga qaramay, jamoamizda qoldi. Oilaviy sharoiti tufayli rahbariyat, murabbiylardan rozilik olib ketdi. Omadini bersin

Asadbek Sobirjonovga ham qoyil qoldim. "Baxtiyor aka takliflar ko'p. Lekin "Paxtakor"ning asosiy tarkibida harakat qilib ko'rmoqchiman. Agar qolmasam, yana Qo'qonda o'ynashga tayyorman. Yana birga ishlaymiz", – dedi. Uni "Paxtakor"dan ijaraga olgan edik. Muhammadanas Hasanov ikki yil ichida o'sishga erishdi. Ukamdek ko'rdim. Lekin jamoadan ketganini "Lokomotiv" bilan shartnoma imzolaganidan keyin bildik. Qarorini hurmat qilaman va omad tilayman. Xudo xohlasa, ketganlarning o'rnini munosib to'ldirishga harakat qilamiz. 

- Ayni paytda mashg'ulotlarda ishtirok etayotgan Quvondiq Ro'ziev haqida gapirib bersangiz. Menimcha, ushbu yangilik barchani xursand qildi...

- Quvondiq Ro'ziev qo'qonlik muxlislarning yoqimtoy futbolchisi. U bilan aka-ukadek bo'lib ketganmiz. Quvondiqni o'z jamoasida ko'rishni mendan ham ko'proq istagan murabbiy bo'lmasa kerak. CHunki oliyjanob yigit va ajoyib futbolchi. Bizning taklifimizga rozi bo'lib kelgani uchun juda minnatdorman. SHartnoma tuzganimizdan keyingina Ro'zievni to'laqonli jamoamiz futbolchisi, deb ayta olamiz. 

-  Eshitishimizga qaraganda, jamoa yarim himoya chizig'ini kuchaytirish uchun Sanat SHixov, Javohir Sidiqovga qiziqayotgan ekan. Balki bu borada muxlislarni xursand qiladigan yangilik ko'rarmiz...

- Javohir Sidiqovni qaytishini biz ham juda istaymiz. Jamoamiz o'yinini kuchaytira oladi. Hamma narsa bizning xohishimizga bog'liq emas. Sanat SHixov yaxshi saviyadagi futbolchi. Ushbu futbolchi bilan og'zaki kelishuvimiz bor. Xudo xohlasa, bu yilgi mavsumni Qo'qonda o'tkazadi. SHu kunlarda ikkala futbolchi bo'yicha yakuniy qarorga kelamiz.  Hozircha selekciya ishlarida juda faolmiz demagan bo'lardim. Bundan to'xtamasligimiz kerak. Boisi tarkibimizda 13-14 nafar futbolchi qoldi. Afsuski, yarim himoyachimiz Farhod Bekmuratov va himoyachi Bobir Akbarov ham jamoadan ketishi mumkin. Agarda 14 futbolchini saqlab qolib, ularning safiga yana yaxshi saviyadagi futbolchini jalb qilmasak, qiynalib qolishimiz mumkin.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика