Eron futzal terma jamoasi Braziliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmoqchi
30 apr 22:29
Yangiliklar
Eron futzal terma jamoasi Braziliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmoqchi
Futzal bo'yicha Osiyo kubogi sohibi Eron terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Forslar O'zbekistonda o'tkaziladigan mundialga hozirlik ko'rish maqsadida bir qator kuchli jamoalarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Jumladan, mamlakat futbol federaciyasi Braziliya bilan muzokara olib bormoqda. Eron qolgan raqiblarini qura natijasiga qarab tanlamoqchi.
Eslatib o'tamiz, 2024 yilgi jahon chempionati 14 sentyabr — 6 oktyabr kunlari O'zbekistonning uchta shahrida bo'lib o'tadi.
Fikrlar