So’nggi yangiliklar

23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  0 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  4 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  3 22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  19 21:30Алдаётган Рафинья, ўйлаётган Берналь ва бошқалар - "Барселона" машғулотидан фотомақола  5 20:55U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди  118 20:31Абдуҳолиқов, Зотеев, Нуруллоев ва бошқалар: "Локомотив" машғулотидан суратлар  4 19:53Беларусь чемпионатининг иккинчи тўпурари Тошкент жамоасига ўтиши керак эди  0 19:21Англия Кубоги. Амалдаги ғолиб 6-лига вакилига мағлуб бўлди, "бўрилар"дан ғалаба  0 18:55Тажрибали футболчилар "Локомотив" машғулотларида  2 18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   2 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  5 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  13

Bahrom Haydarov: "Har bir gapimiz bahonaga o'xshab qolyapti" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Har bir gapimiz bahonaga o'xshab qolyapti"

Superliga 17-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Neftchi" (1:2) uchrashuvidan so'ng "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- Dastlab o'yin haqida fikringiz?

- Gapirish juda qiyin bo'lyapti. Alamli mag'lubiyatlar ko'payib ketdi. Hammasi achinarli bo'lyapti. Nimanidir o'zgartirmasak bo'lmaydi. Biz bunday mag'lubiyatlarga loyiq emasmiz. Bugungi o'yinga kelsak, O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi bahs olib bordik. Raqibga astoydil qarshilik ko'rsata oldik. Faqat bazi holatlarda ustunlik ularda ko'proq bo'lgandir, lekin biz ham bo'sh kelmadik. Afsuski, yana yutqazdik. Kiyim almashtirish xonasida aytadigan gapning o'zi qolmadi. Chunki har bir gapimiz bahonaga o'xshab qolyapti. Hayot davom etadi, qachondir bu omadsizlikning ham yakuni bo'lishi kerak. Mag'lubiyatli seriya bir kun kelib tugaydi degan umiddaman.

- Bu savolni "Neftchi" ustoziga ham berdik. Bir paytlar "Neftchi" qiynalib qolganida qo'qonlik futbolchilar borib yordam qilgandi. Endi "Neftchi" ham yordam bergani maqul emasmi? Har holda biz bitta viloyat jamoasimiz. O'zaro hamkorlik bo'lgani yaxshi-da. Siz bunga nima deysiz?

- Endi o'yinchi oldi-berdisi bo'yicha hamkorliq qilsa bo'ladi. Lekin sport tamoyiliga bo'yicha olib qarasak, maydonga chiqqandan keyin ular ham, biz ham bir-birimizga qarshilik ko'rsatib futbol o'ynashimiz kerak. Chunki busiz raqobat bo'lmaydi. Futbolchilar bo'yicha o'zaro hamkorlik bo'lgani yaxshi, nafaqat "Neftchi" bilan, balki hamma jamoalar bilan.

- Yozgi tanaffusda yangi futbolchilar olindi. Abdug'afur Haydarov haqida fikringiz qanday?

- Abdug'afur yaxshi futbolchi. U "Surxon"da asosiy tarkib o'yinchisi edi. Yoshlar terma jamoasida ham o'ynadi. "Yulduzlik kasali"ga chalindi chog'i zaxiraga o'tirib qoldi. Terma jamoadagi o'rnini esa Ali Abdurahmonovga berib qo'ydi va shu jihatdan raqobatda yutqazib qo'ydi. Lekin u yosh bo'lishiga qaramay mahoratli o'yinchi, endi 20 yoshda. Vaqt o'tib yanada kuchli bo'lib borishiga ishonamiz. Unga biroz vaqt kerak. Eng asosiysi Abdug'afur futbol o'ynashdan qo'rqmaydi. Hali oldinda 13ta tur bor va albatta uning yordami tegadi.

- "Neftchi" bosh murabbiyi maydon holati yaxshi emasligini gapirdi.

- Albatta, hammaning yaxshi maydonda to'p tepgisi do'ladi. Hozir yurtimizda chiroyli maydonlar ko'payib qoldi. Afsuski, bizning maydon holatini zo'r deb bo'lmaydi. Men maydon bo'yicha mutaxassis emasman. Klubimiz rahbariyati va boshqalar maydonni ideal holatga keltirish uchun harakat qilishyapti.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика