"Atletiko" Oblakni sotishga tayyor
01 may 18:25
Yangiliklar
Madridning "Atletiko" klubi darvozabon Yan Oblakni sotish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, deb xabar berdi AS. "Matraschilar" mavsum boshida o'yinchi uchun takliflarni tinglashga tayyor bo'lishadi.
Madridliklar tarkibni yangilab, klubning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilarini sotmoqchi. Sloveniyalik ham ulardan biri. Uning maoshi yiliga 10 million evroni tashkil qiladi.
Oblak "Atletiko" uni sotmoqchi ekanligi haqida ogohlantirilgan. Bu holatda 31 yoshli posbon faoliyatini APLda davom ettirmoqchi. "Atletiko" uning o'rniga "Valensiya"dan Georgiy Mamardashvilini taklif etmoqchi. "Ko'rshapalaklar" futbolchini 25 million evroga baholamoqda.
Fikrlar