JCH. Norvegiya oxirgi daqiqalarda urilgan gol evaziga Kot-d'Ivuarni mag'lub etdi va nimchorak finalga yo'l oldi

30 iyun 2026, 23:55
Jahon chempionati 1/16 final bosqichi doirasidagi bahs yakunlandi.

JCH, 1/16 final

Kot-d'Ivuar - Norvegiya 1:2

Gollar: 39 - Antonio Nusa, 74 - Amad Diallo, 86 - Erling Holand

Kot-d'Ivuar: 1. Yaxya Fofana, 17. Gela Due, 7. Odilon Kossunu, 3. Gisleyn Konan (24. Bazumana Ture, 90+3’), 20. Emmanuel Agbadu, 8. Frank Kesse, 18. Ibraim Sangare, 26. Krist Inao Ulai (15. Amad Diallo, 60’), 11. Yan Diomand (22. Evann Gessan, 90+3’), 19. Nikolya Pepe (14. Umar Diakite, 87’), 9. Anj-Yoan Bonni (12. Ele Vai, 60’).

Zaxira: 16. Muhammad Kone, 23. Alban-Mark Lafon, 2. Usman Domande, 5. Uilfrid Singo, 13. Kristofer Operi, 21. Evan N'Dika, 4. Jan Seri, 6. Seko Fofana, 25. Parfe Giagon, 10. Simon Adingra.

Norvegiya: 1. Eryan Nyuland, 3. Kristoffer Aer, 17. Torbyorn Xeggem, 5. David Myoller Volfe, 16. Markus Pedersen (14. Fredrik Eursnes, 83’), 8. Sander Berge, 6. Patrik Berg, 10. Martin Edegor, 7. Aleksandr Syorlot (22. Oskar Bobb, 71’), 20. Antonio Nusa (21. Andreas Shelderup, 71’), 9. Erling Holand.

Zaxira: 12. Sander Tangvik, 13. Egil Selvik, 4. Leo Estigor, 15. Fredrik Byorkan, 24. Sondre Langos, 25. Xenrik Falxener, 26. Yulian Ryuerson, 2. Morten Torsbyu, 18. Kristian Torstvedt, 19. Telo Osgor, 23. Yens Petter Xyouge, 11. Yyorgen Strann Larsen.

Ogohlantirishlar: 45+1 - Antonio Nusa

90+8. O'yin yakunlandi, Norvegiya - nimchorak finalda!

90+6. Amadning jarima zarbasidan yo'llagan zarbasini Eryan Nyuland qaytardi! Dahshatli seyv!

90+2. Konanning havolatib bergan uzatmasi sal qolsa darvoza to'ridan joy olishi mumkin edi…

90. O'yinning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.

87. Vaqt juda kam qolmoqda! Ivuar nimadir qila oladimi?

gettyimages-2284058112-2048x2048.jpg

86. GOL! Holand hisobni oshirdi! Zo'r kombinaciya yakunida Bobb to'pni Erlingga uzatdi, uning bo'sh qolgan darvozaga yo'llagan zarbasi golga aylandi!

85. So'nggi daqiqalar o'tib bormoqda. Xo'sh, buyog'iga penaltilan seriyasi tomon boriladimi yoki o'yin shu joyda to'xtaydi? Yaqin vaqtlarda bilib olamiz.

77. Yaxshi kombinaciya uyushtirgandi Norvegiya, ammo yakuniy zarbani hech kim berolmadi.

75. O'yinning asosiy vaqti tugashiga 15 daqiqa qolmoqda va buyog'iga endi o'yin “yonadi”.

gettyimages-2284055921-2048x2048.jpg

74. GOL! Amad hisobni tenglashtirdi! Dialo Norvegiya himoyasini “sochib tashladi”, bir o'zi bir necha futbolchidan o'tib zarba berdi va gol urdi!

68. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

66. Torbyorn Xeggem burchakdan uzatilgan to'pga zarba berdi, biroq to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi…

64. Ivuarliklar raqib jarima maydonchasi ichida yaxshi vaziyatga ega bo'lishgandi, biroq darvozaga yakuniy zarbani yo'llaydigan futbolchi topilmadi.

59. Agbaduning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq bo'ldi.

58. Edegorning jarima zarbasidan uzatgan to'pi jarima maydonchasi ichida palatapartishlik bilan darvozabonning qo'liga borib tushdi.

57. Pepening uzatmasidan so'ng Kesse zarba berdi, biroq kuchsiz chiqdi bu zarba.

55. Pepening kuchli zarbasini Nyuland qaytardi!

54. Edegor yaxshi vaziyatga chiqib bordi, biroq u to'pni sherigiga uzatishda kech qoldi.

50. Yaxshi boshlandi bo'lim, jamoalar gol urishga intilmoqda.

🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

🕘 45+4. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45+2. Akbaduning bosh bilan yo'llagan zarbasi birozgina noaniq bo'ldi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

42. Syorlotning bosh bilan bergan uzatmasidan so'ng Holand to'pni darvozaga yo'lladi, biroq himoyachi qaytarib yubordi…

40. Shuncha payt Kot-d'Ivuar ustunlik qilib, golni Norvegiyaga urib ketmoqda. Endi o'yin yanada qizishi aniq!

gettyimages-2284049744-2048x2048.jpg

⚽️ 39. GOL! Nusa hisobni ochdi! Antonioning ajoyib zarbasi darvozaning “to'qqizligi”ga borib tushdi! Dahshat gol!

37. Syorlotning havolatib bergan uzatmasini Holand bosh bilan darvozaga yo'lladi, ammo kuchsiz chiqdi.

34. Ivuarliklar bosimni kuchaytirishmoqda. “Vikinglar” esa raqib himoyasini yorish yo'llarini topolmayapti.

28. Diomandning uzatmasidan so'ng Pepe darvoza tomon zarba berdi, biroq to'p darvozaga bormadi.

24. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

21. Aerning chap burchakdan yo'llagan zarbasidan keyin to'p darvozaning tashqi tomon to'riga tegdi.

19. Syorlotning zarbasi “bloklandi”. Hozircha Ivuar himoyasi yaxshi o'ynamoqda.

16. Kot-d'Ivuar faol o'tkazmoqda o'yinni, hujumlar tobora ko'paymoqda.

8. Ikki terma jamoa ham navbati bilan hujumlarni uyushtirdi, hozircha ular xavfli tus olmayapti.

🕛 1. O'yin boshlandi!

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Jahon chempionati 1/16 final bosqichi doirasidagi Kot-d'Ivuar - Norvegiya bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia