

"Barselona" - "Feyenoord" 5:1
Gollar: 3, 57 - Rafinya, 22 - Karim Adeyemi, 77 - Lamin Yamal, 85 - Gabriel Jezus
“Barselona”: 1. Joan Garsiya, 5. Pau Kubarsi, 2. Joau Kanselu, 23. Jyul Kunde, 15. Andreas Kristensen, 16. Rodri (6. Gavi,83’), 8. Pedri (22. Mark Bernal, 63’), 10. Lamin Yamal, 20. Dani Olmo (9. Gabriel Jezus, 83’), 11. Rafinya (7. Fermin Lopes, 71’), 14. Karim Adeyemi (17. Entoni Gordon, 63’).
Zaxira: 13. Voycex Shensni, 25. Dominik Livakovich, 3. Aleks Balde, 12. Xavi Espart, 18. Jerard Martin, 4. Brayan Farinyas, 29. Xamza Abdulkarim.
“Feyenoord”: 1. Tyark Ernst, 26. Jivayro Rid, 4. Cyuyosi Vatanabe, 6. Jerri Sen-Jyust, 35. Mika Marmol, 16. Xaver Lopes (28. Ussama Targallin, 46’), 8. Givai Zexiel, 34. Sharl Vanxautte (14. Sem Steyn, 72’), 19. Nacho Ferri (49. Shakil van Persi, 63’), 10. Luchano Valente (22. Tobias van den Elsxaut, 84’), 23. Anis Xaj Mussa (11. Gonsalu Borjesh, 72’).
Zaxira: 33. Florian Kastenmayer, 39. Liam Bossen, 20. Mats Deyl, 24. Teys Krayeveld, 27. Gaussu Diarra, 57. Yerayno Sxaken, 32. Teyme Vessels.
Ogohlantirishlar: 27 - Sharl Vanxautte, 54 - Dani Olmo
90+3. O'yin yakunlandi.
90+3. Jezusning bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.
90. Steynning kuchli zarbasidan so'ng Joan bartaraf eta oldi!
88. Yana “Barselona” oldinga shtmoqda. Yamalning zarbasi kuchsiz chiqdi.
86. Haa, uchrashuv taqdiri hal!

85. GOL! Jezusdan debyut gol! Yamaldan uzatilgan to'pni Gabriel boshi bilan darvozaga kiritdi!
83. Endi “Feyenoord” sharmandali hisob bo'lmaslikka intiladi.

82. GOL! Steyn hisobni qisqartirdi! Borjeshning ajoyib uzatmasidan so'ng Sam to'pni darvozaga kiritdi.
80. Bernal deyarli bo'sh qolgan darvozaga zarba berdi, to'pga raqib himoyachilari “blok” qo'yishdi.
78. Shunchaki dahshat. Bu mavsum “Barsa”ni to'xtatib bo'lmayapti!

77. GOL! Yamaldan supergol! Lamin jarima zarbasidan zarba berib, to'pni darvozaga “mixlab qo'ydi”!
76. Joan Garsiya jamoasi joniga oro kirdi! Niderlandiyaliklar sal qolsa hisobni qisqartirib qo'yardi…
73. Ferminning xavfli zarbasidan so'ng to'pni Ernst qaytardi!
67. Gordonning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.
63. Har ikki jamoada ham o'zgarishlar amalga oshirildi.
61. Offsayd, hisobni o'zgarmadi.
60. Gol bo'lgan holat VARda ko'rilmoqda.

59. GOL! Ferri hisobni qisqartirdi. “Barselona” darvozasi oldidagi palapartishlikdan so'ng Nacho gol urdi.
58. Hisob yiriklashib ketdi, buyog'iga niderlandiyaliklarning holi tang.

57. GOL! Rafinyadan dubl! Pedrining super uzatmasidan so'ng braziliyalik hujumchi gol urdi!
55. Mehmonlar faollikni oshirishmoqda, jamoaning hujumlari yakunsiz bo'lmoqda.
49. Adeyemining uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+1. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
44. Olmoning erlatib bergan zarbasidan so'ng to'pni Ernst ushlab oldi.
37. Kanseluning o'tkir burchakdan kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegmoqda!
36. “Feyenoord”dan xavfli hujum bo'ldi, birozgina omad yetishmadi… Kristensen sal qolsa o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yardi.
33. Yamaldan o'ta xavfli zarba! Birozgina noaniq bo'ldi bu zarba…
28. Olmodan zarba, ammo noaniq bo'ldi.
26. Kanseluning uzoqdan tepgan to'pi aniq bo'lmadi.
24. Zexielning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi birozgina noaniq ketdi.
23. “Feyenoord” yanada qiyin holatda qolmoqda.

22. GOL! Adeyemi hisobni oshirdi! Karimning uzoqdan yo'llagan zarbasi aniq bo'ldi!
20. Xaj Mussa “Barselona” jarima maydonchasiga kirib borib yiqildi, biroq o'yin qoidasi buzilmabdi.
19. Temp biroz tushdi, ikki jamoa ham navbati bilan hujumlar uyushtirishga intilmoqda, ammo aytarli xavfli vaziyat ko'rmayapmiz.
10. Endigi zarba Kyundedan bo'ldi, bunisi noaniq.
9. Olmoning uzoqdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Ernst ushlab oldi.
6. Ëmg'ir biroz sekinlashdi Barselona shahrida.
4. Tezkor gol ko'rdik o'yinda, buyog'iga niderlandiyaliklar ham faollashishsa kerak.

3. GOL! Rafinya hisobni ochdi! Yamalning uzatmasidan so'ng braziliyalik futbolchi to'pga ega chiqdi, so'ng ikki raqib himoyachini “do'konga jo'natib”, gol urdi.
1. Barselona shahrida kuchli yomg'ir boshlandi. Tribunalardagi muxlislar joylarini tark etmoqda. Ayrimlari soyabon ostida.
1. O'yin boshlandi.
Uchrashuv startidan avval Nepalda sodir bo'lgan vojea sababli bir daqiqalik sukut saqlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Chempionlar ligasi 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichining 1-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Feyenoord" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



