

Insayderlik ma'lumotlariga tayanib The Athletic nashrining xabar berishicha, “ko'k-anorranglilar” argentinalik forvard uchun 130 million evro mablag' ajratishga tayyor.
Klubga yaqin manbalarning takidlashicha, kataloniyaliklarda ushbu yirik kelishuvni amalga oshirish uchun etarli moliyaviy resurslar mavjud. Futbolchining o'zi ham Madrid klubini tark etib, yangi chaqiruvlarni qabul qilishga tayyor ekanini bildirgan.
Transfer bo'yicha hal qiluvchi muzokaralar va yakuniy qadamlar ayni damda davom etayotgan JCH-2026 bahslari yakunlanganidan keyin qo'yilishi kutilmoqda. Argentinalik iqtidor egasi “Barselona” rahbariyati uchun yozgi transfer oynasidagi eng asosiy va ustuvor maqsad bo'lib turibdi.



