

Insayder Devid Ornshteynning X ijtimoiy tarmog'ida xabar berishicha, londonliklar eng foydali taklifni ilgari surishgan. Avvalroq 21 yoshli xavbekka "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Manbaga ko'ra, "Tottenxem"ning taklifi taxminan 85 million funt sterling (99 million evro) miqdoridagi sobit to'lovlarni o'z ichiga oladi. Ma'lum qilinishicha, Fernandeshning o'zi "shporlar" (Tottenxem) taklifini qabul qilishga qaror qilgan. "Manchester Yunayted" qanday taklif bilan chiqqani haqida ma'lumot yo'q.
Mateush Fernandesh o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. "Vest Xem" chempionat yakuniga ko'ra Angliya Premer-ligasidan tushib ketdi.


