"Inter"ga qarshi o'yin qahramoni – Yan Oblak YCHLda hafta o'yinchisi deb topildi!

Administrator
16 mar 2024
Darvozabon penaltilar seriyasida fantastik harakat qilgandi.

"Atletiko" klubi darvozaboni Yan Oblak YCHLning ushbu haftada o'tkazilgan o'yinlaridagi eng yaxshi o'yinchi deb topildi. Madridliklar posboni nimchorak final javob o'yinida "Inter"ga qarshi ajoyib o'yin ko'rsatgandi. O'yin davomida 3 ta seyv amalga oshirgan Oblak o'yindan keyingi penaltilar seriyasida ikkita zarbani qaytarishga erishgan.

Oblakdan tashqari bu nom uchun "Arsenal" darvozaboni David Rayya, "Borussiya" vingeri Jeydon Sancho va "Barsa" himoyachisi Pau Kubarsi kurash olib borgandi.


AdministratorMuallif
Manba: UEFA.com