"Metallurg": Yoshlar durang bilan boshladi
04 mar 2016 17:38
Yangiliklar


"Metallurg": Yoshlar durang bilan boshladi
Qiziqarli kurashlar ostida o'tgan uchrashuvda durang natija qayd etildi – 2:2.
Uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq mezbonlar katta kuch bilan oldinga tashlanishdi. Bu esa birinchi taymda o'z samarasini berdi. Ozod Komilov hamda Zokir Ahmadjonovlarning aniq zarbalaridan keyin madanchilar birinchi bo'limni o'z foydalariga yakunlashdi. Ammo tanaffusdan keyin biroz xotirjamlikka berilgan mezbonlar g'alabani saqlab qola olishmadi. Jizzaxliklar avvaliga 11 mertlik belgidan, o'yin yakunida esa standart vaziyatdan ikkita gol kiritib, safardan durang natija bilan qaytadigan bo'lishdi.
“Metallurg” – “So'g'diyona” – 2:2(2:0). Bekobod. Yoshlar tarkiblari. 04.03.2016 yil.
Hakam:Akmal Risqullaev (Toshkent).
Gollar:Ozod Komilov, Zokir Ahmadjonov – SHahzod Karimov, Mo'min Meliev.
“Metallurg”:Timur To'ychiev, Jasur Ahmedov, Ulug'bek Xudoyberdiev, Abror Toshqo'ziev, Umid Rahimov, Ulug'bek Xudoyorov, Mansur Nuraliev, Sunnat Ermatov, Asomiddin Abdurahmonov, Zokir Ahmadjonov, Ozod Komilov.
Zahiradan maydonga tushganlar:Zufar Akbaraliev, Timur Saydullaev, Azam Samijonov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar