So’nggi yangiliklar

18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  3 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  3 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2

"Metallurg" futbol akademiyasi, metallurglar shahrida Yangiliklar

"Metallurg" futbol akademiyasi, metallurglar shahrida

Teglar :  Metallurg
"Metallurg" futbol akademiyasi - mamlakatimizdagi professional futbol kadrlarini tayyorlashga ixtisoslashgan bolalar va o'smirlar uchun birinchi o'quv muassasasidir.

Tarbiyalanuvchilarimiz texnika, taktikani o'zlashtiradilar, futbol tafakkurini, jismoniy tayyorgarlikni, psixologik barqarorlikni va stressni engish qobiliyatini rivojlantiradilar. Biz ularga o'z emotsiyalarini nazorat qilishni, rejim va intizomga rioya qilishni o'rgatamiz, muhim shaxsiy fazilatlarni shakllantiramiz: jasurlik, qatiyatlilik, chidamlilik va mardlik. Akademiya dasturi futbolchilarni tayyorlashning eng yaxshi jahon ananalarini birlashtirib, Evropa futbolining ilg'or metodikalariga asoslangan.

"Metallurg" akademiyasida o'qishning afzalliklari

Akademiya - yosh futbolchilarni sport karerasiga tayyorlaydigan professional o'quv muassasasidir. Biz istiqbolli o'yinchilarni qatiy tanlovdan keyin qabul qilamiz. O'qishning afzalliklari:

Evropa tajribasi asosidagi ilg'or mashg'ulot metodikalari.
Ispaniyalik mutaxassislar tomonidan o'qitish nazorati.
Professional trenerlar tarkibi.
Zamonaviy infratuzilma.
Xalqaro turnirlarda ishtirok etish.
Iqtidorli tarbiyalanuvchilar grant asosida o'qitiladilar:

Akademiya yashash, ovqatlanish, ekipirovka va o'qish xarajatlarini qoplaydi.




Bizning qadriyatlarimiz


Biz futbolga va jamoaviy o'yinga muhabbat uyg'otamiz. O'yin sifati biz uchun bir zumlik natijalardan muhimroq: g'alabalar munosib o'yin bilan keladi. Agar uchrashuv yaxshi o'ynalgan bo'lsa, murabbiylar jamoani mag'lubiyatdan keyin ham tabriklashlari mumkin.

Tanlov mezonlari


Nomzodlar quyidagi mezonlar bo'yicha baholanadi:


texnik mahorat;
futbol tafakkuri;
xarakter va iroda sifatlari;
tinimsiz mehnatga tayyorlik.
Nima uchun bizni tanlashadi?
Professional trenerlar tarkibi
Mashg'ulotlarni ispan mutaxassislari va sertifikatlangan o'zbek murabbiylari olib boradi. Texnik direktor UEFA PRO licenziyasiga ega.




Xalqaro turnirlarda ishtirok etish

Tarbiyalanuvchilar O'zbekistonda va uning tashqarisidagi musobaqalarda o'yin tajribasi orttiradilar.

Zamonaviy infratuzilma

Akademiya quyidagilarni taqdim etadi:

yotoqxona;
zamonaviy maktab;
kutubxona, faollar zali, oshxona;
trenajer zali;
tabiiy va suniy qoplamali futbol maydonlari.
4. Sifatli talim
Akademiya qoshida multilingval dasturli (o'zbek, rus, ingliz, ispan tillari) xususiy maktab faoliyat yuritadi. Biz nafaqat sportchilarni, balki har tomonlama rivojlangan shaxslarni ham tarbiyalashni maqsad qilamiz.




Bizning yutuqlarimiz

Akademiya muntazam ravishda respublika va xalqaro turnirlarda ishtirok etib, yuqori natijalarga erishmoqda. Uch yil ichida jamoalarimiz 6 ta xalqaro turnir, shu jumladan 30 ta turnirda sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritdi. 20 nafar tarbiyalanuvchimiz O'zbekiston o'smirlar terma jamoalarida o'ynagan. 2023 yilda "Metallurg U-19" jamoasi mamlakat chempioni bo'ldi.

"Metallurg" akademiyasi - futbol g'alabalari haqidagi orzular reallikka aylanadigan joy. Bizning ishimiz o'zbek futbolchilarining yangi avlodini rivojlantirishga hissa qo'shishiga ishonamiz!

Qo'shimcha malumot uchun telefon: +998 93 6070002

Batafsil malumot: https://t.me/fcmetallurgmedia 


Reklama huquqi asosida

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика