Melodan so'ng Balotelli ham Kelliniga keskin javob qaytardi
09 may 2020 21:30
Yangiliklar


Melodan so'ng Balotelli ham Kelliniga keskin javob qaytardi
“Yuventus” himoyachisi Jorjo Kellini Italiya termasidagi sobiq jamoadoshi Mario Balotellining yomon odamligini aytib, u sheriklarini hurmat qilmasligi haqida gapirgan edi.
“Hech bo'lmaganda g'ururim bor va biron narsani odamlarning yuziga aytishdan qo'rqmayman. 2013 yildan beri haqiqiy erkak sifatida buni qilish uchun etarlicha imkoniyatga ega bo'lganding, ammo bunday qilmading. Kim biladi, bir kun kelib hozirgi jamoadoshlaring haqida nima der ekansan. G'alati sardorsan. Agar chempion degani shu bo'lsa, u holda bo'lmay qo'ya qolay. Italiya terma jamoasi futbolkasiga esa hech qachon hurmatsizlik ko'rsatmaganman”, deydi “Breshiya” azosi.
Avvalroq, “Palmeyras” yarim himoyachisi Felipe Melo Jorjo Kellinini boshqa hurmat qilmasligini aytgandi. Malum bo'lishicha, Kellini Meloga “yomonlarning eng yomoni” va “chirigan olma” deya tarif bergan
O’xshash yangiliklar

Fikrlar