So’nggi yangiliklar

07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  1 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  19 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0

Urugvayning asosiy futbolchilari O'zbekistonga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin Yangiliklar

Urugvayning asosiy futbolchilari O'zbekistonga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin

Urugvay terma jamoasi futbolchilari jarohat olishgan.

Xabaringiz bor, yaqinlashib kelayotgan FIFA kunlarida O'zbekiston milliy terma jamoasi ikki karra jahon chempionlari Urugvay terma jamoasiga o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Uchrashuv 13 oktyabr kuni Malayziyada o'tkazilishi rejalashtirilgan. Urugvay terma jamoasining ikki nafar asosiy futbolchisi - hujumchi Darvin Nunes va himoyachi Xose Mariya Ximenes, O'zbekistonga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin. Yozda "Al Hilol" safiga ko'chib o'tgan hujumchi o'tgan hafta mashg'ulotlardan birida tizzasidan jarohat olgan va ayni damda jarohatdan tiklanish jarayonida. Shu sababli, Nunes Elit OCHL doirasidagi "Nasaf"ga qarshi uchrashuv qaydnomasidan o'rin olmadi va Qarshiga kelmadi. Riyod klubi bosh murabbiyi Simone Inzagi matbuot anjumanlaridan birida Nunes FIFA kunlari davomida jarohatidan to'liq tiklanib olishi haqida aytib o'tdi.


"Atletiko" himoyachisi Xose Mariya Ximenes esa KJCHda olgan jarohatidan tiklanmoqda. Urugvaylik himoyachi so'nggi bor, 20-iyun sanasida KJCH doirasida o'tkazilgan "Atletiko" - "Sietl Saunders" o'yinida maydonda harakatlangan edi. Mundo Deportivo malum qilishicha, Ximenes jamoaviy mashg'ulotlarga qaytib ulgurgan, ammo shanba kuni o'tkazilgan "Real"ga qarshi o'yin qaydnomasidan o'rin olmagan edi. Shuningdek, urugvaylik jurnalist Xaver De Leon malum qilishicha Ximenes Urugvay terma jamoasining oktyabr oyidagi yig'inlariga chaqirilish ehtimoli kam.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика