Xose Mariya Ximenes - "Man Siti"ning bosh transfer maqsadi. "Atletiko" himoyachisi uchun 120 mln evro xohlamoqda

Alisher
20 iyul 2020, 10:20
"Manchester Siti" himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi.

Angliya klubi kelasi mavsum chempionlik tituli borasida "Liverpul" bilan kurashish uchun mudofaani qayta qurmoqchi.

"Shaharliklar"ning markaziy himoyadagi bosh transfer maqsadlari - "Atletiko" himoyachisi Xose Mariya Ximenes.

Madrid klubi 25 yoshli o'yinchisini 120 million evroga baholamoqda. Urugvaylik futbolchi joriy mavsum La Ligada 20ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Times