Al Arabiya: Abduqodir Husanovning narxi Saudiya Arabistoni terma jamoasining barcha futbolchilari qiymatidan yuqori

Оқил Абдубарноев
17 noya 2026, 12:45
O'zbekiston va Saudiya Arabistoni milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi oldidan arab nashrlari futbolchilarning transfer qiymatini taqqosladi.

Saudiya Arabistonining “Al Arabiya” nashri yozishicha, "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanovning bozor qiymati raqib jamoaning barcha futbolchilari umumiy qiymatidan yuqori.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 22 yoshli o'zbekistonlik himoyachi 50 million evroga baholanmoqda. Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasining umumiy bozor qiymati esa 38 million evroni tashkil etadi.

Shu tariqa, Husanovning o'zi saudiyalik barcha futbolchilardan 12 million evroga qimmatroq baholangan.

Saudiya Arabistoni tarkibida eng yuqori bozor qiymatiga ega futbolchi Saud Abdulhamid bo'lib, u 9 million evroga baholangan.

O'zbekiston milliy terma jamoasining umumiy bozor qiymati esa 81,83 million evroni tashkil qilmoqda.

“Al Arabiya” Husanovni Osiyoning eng qimmatbaho futbolchisi sifatida tariflagan. O'zbekistonlik himoyachi 2025 yil yanvarda Fransiyaning "Lans" klubidan "Manchester Siti"ga 40 million evro evaziga o'tgan edi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari 17 noyabr kuni Dohada o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar

Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia