Suares Neymarning PSJga o'tishi haqida: "Messi bilan buning oldini olish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik"

Aslanov Jasurbek
18 noya 2026, 22:51
"Inter Mayami" hujumchisi Luis Suares Lionel Messi bilan birgalikda Neymarni "Barselona"dan PSJga ketmaslikka qanday ko'ndirishga uringanliklari haqida gapirib berdi.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik yulduz 2017 yilning yozida rekord darajadagi 222 million evro evaziga Parij klubiga ko'chib o'tgan edi.

"2017 yilning yozida Neymarni 'Barsa'da qolishga ko'ndirishning umuman iloji yo'q edi, garchi Messi bilan uning PSJga ketishining oldini olish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilgan bo'lsak ham. Messi hatto unga agar jamoada qolsa, 'Oltin to'p'ni qo'lga kiritishini aytgandi", - dedi Suares Catalunya Ràdio efiridagi Tot costa dasturiga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 3Cat