Jezush Portugaliya terma jamoasining kelajagi ishonchli qo'llarda deb hisoblaydi

Aslanov Jasurbek
18 noya 2026, 20:51
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Millatlar Ligasi doirasidagi Uelsga qarshi bellashuvda (3:2) yosh futbolchilarning o'yiniga baho berdi.

- Kenda debyut qildi, Karlush Forbsh esa 7-raqamli libosda [terma jamoadagi] ilk golini urdi. Milliy jamoaning kelajagi ishonchli qo'llarda, deb hisoblaysizmi?

- Biz U21 terma jamoasidan besh nafar futbolchini taklif qildik. Darhaqiqat, Kenda ko'proq natijani mustahkamlash uchun maydonga tushdi. O'sha pallada Kanselu himoyalanishga majbur bo'lmasligi va zaiflashib qolmasligi kerak edi, chunki u allaqachon charchab qolgandi. Brunu Fernandesh maydonni tark etganida ham - menimcha, Brunu ham individual, ham jamoaviy jihatdan ajoyib o'yin o'tkazdi - bu aynan shu maqsadda amalga oshirildi.

Vaqtim juda kam edi va bu uning terma jamoadagi ilk o'yini bo'lishi haqida o'ylab o'tirmadim. O'yin talablari va qo'l ostimdagi futbolchilarning sifatlarini hisobga olgan holda, u so'nggi daqiqalarda jamoaga yordam berish va 3:2 hisobini saqlab qolish uchun ideal variant edi, deb hisobladim.

- Terma jamoa kelajagi kafolatlanganmi?

- Albatta, bizda yosh o'yinchilar talaygina. Men bunga ishonaman, chunki ular bilan endigina ishlay boshladim. Menimcha, Kenda hozircha "Chelsi"da unchalik ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti va bu o'z ta’sirini o'tkazmoqda.

Har ikkala bellashuvda ham chempionati ikki haftaga to'xtatib qo'yilgan Saudiya Arabistonida to'p tepayotgan futbolchilar o'yin amaliyoti yetishmasligi sabab muayyan muammolar bilan yetib kelishgani sezilib turdi. Buni Daniyaga qarshi birinchi o'yindayoq payqagandim va o'sha xatoni takrorlashni istamadim, biroq Trinkauni maydonga tushirdim. U yomon o'ynamadi, ammo Saudiya Arabistonida ikki hafta o'tkazib yuborgani tufayli unga ham o'yin tonusi yetishmayotgani ko'rinib turgandi, - dedi Jezush.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Record