Ximenes "Atletiko"ga qarshi o'yinda "Chelsi"ga yordam bera olmaydi

Alisher
13 fev 2021, 18:44
"Atletiko" himoyachisi Xose Mariya Ximenes CHL 1/8 final doirasidagi "Chelsi"ga qarshi o'yinda jarohati sabab maydonga tusha olmaydi.

26 yoshli urugvaylik futbolchi jamoa mashg'ulotlarida jarohat olgan. Ximenes aynan shu tufayli Ispaniya chempionati 22-tur doirasidagi "Selta" (2:2)ga qarshi o'yinda harakat qilmagan edi.

Futbolchining martga qadar "Atletiko" lazaretida bo'lishi mumkinligi aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" - "Chelsi" o'yini 23 fevral kuni Buxarestda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca