Mata Osiyoga ko'chishi mumkin. Unga 15 mln dollar maosh taklif qilindi
11 okt 2020 00:32
Yangiliklar


Mata Osiyoga ko'chishi mumkin. Unga 15 mln dollar maosh taklif qilindi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata klubni tark etishi mumkin.
Ispaniyalik futbolchiga Saudiya Arabistoni klublaridan biri yiliga 15 mln dollar maosh taklif qildi, deb yozdi insayder Ien MakGerri.
Futbolchi hozircha yakuniy qarorni qabul qilmagan. Transferni yakunlash uchun "qizil iblislar" Mataga 2021 yilga qadar mo'ljallangan bitimni bekor qilishga ruxsat berishlari kerak.
32 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted" tarkibiga 2014 yilda "CHelsi"dan kelib qo'shilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar