So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  3 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  4 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

"Mashal" direktori Ilhom Qurbonov: "Loyihamizdan yangi murabbiy olib kelish o'rin olmagan" Yangiliklar

"Mashal" direktori Ilhom Qurbonov: "Loyihamizdan yangi murabbiy olib kelish o'rin olmagan"

Mag'lubiyatlar ko'chasiga kirib qolgan Muborakning "Mashal" jamoasi Superliganing navbatdagi turida o'z maydonida "Qo'qon-1912"ga mag'lubiyatga uchradi.

 Uchrashuvdan so'ng jamoa murabbiyi Dilyaver Vaniev klub rahbarlaridan istefo so'rashini malum qildi. Biz bu borada "Mashal" direktori Ilhom Qurbonovga yuzlandik.

"Dilyaver Vanievga ikki kunga uyiga javob berib yubordik. Loyihamizda yangi murabbiy olib kelish o'rin olmagan. Albatta, o'tgan o'yinlarni murabbiylar shtabi bilan birgalikda tahlil qilib chiqamiz. Ko'rayotgan bo'lsangiz o'yin, vaziyatlar yaratish borasida mag'lub bo'lmayapmiz. Tarkibimizdagi 80 foiz futbolchilar Superligada bu yil debyut qildi. Ular hali Superligada o'ynamagan edi. 

Aytganimdek yangi murabbiy olib kelmaymiz, faqat maslahatchi yoki yordamchi kuch jalb qilishimiz mumkin. Oldindagi o'yinlarda Dilyaver Vanievga ishonishda davom etamiz. To'g'ri, qiyin raqiblar bilan o'yinlar kutmoqda. "Paxtakor" bilan o'yinda ham ijobiy natija uchun harakat qilamiz. Qo'lni tushirmaymiz. Bu qiyin holatdan chiqib ketishga harakat qilamiz. 

Maosh bilan bog'liq muammolar bizga o'xshagan bir nechta jamoalarda ham bor. "Bunyodkor", "Nasaf" ham shu holatda to'p tepmoqda va yaxshi natijalar qayd etyapti. To'g'ri, bu jamoalarda akademiyasidan chiqqan yigitlar 3-4 yildan Superligada birga to'p tepmoqda. Agarda yuqoridagi jamoalar ham mag'lubiyat ko'chasiga kirib qolganida maosh bilan bog'liq muammolarni sabab qilib ko'rsatsak bo'lardi. Maosh bahona emas. Ovqatlanish, mashg'ulotlar, maydonlar va boshqa tashkiliy ishlarni, sharoitlarni qo'limizdan kelganicha yaratib berishga harakat qilyapmiz. Bu borada hech kimda nolish yo'q. 

Tarkibimizdagi iqtidorli yoshlarga ishonamiz. Ularning kelajagi bor. Hujum chizig'imizda ayrim muammolar borligi sababli ikkinchi davrada Humoyun Murtazoevni ortga qaytardik. Lekin, u ham jarohatlar sabab ko'p o'yinlarni o'tkazib yubordi",-deydi Ilhom Qurbonov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика