So’nggi yangiliklar

09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  0 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  3 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  8 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  52 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3

Otabek Narzullaev: "Himoyamizni ancha yaxshilab oldik" Yangiliklar

Otabek Narzullaev: "Himoyamizni ancha yaxshilab oldik"

Superliga 23-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Buxoro" (0:0) uchrashuvidan so'ng "Mashal" bosh murabbiyi Otabek Narzullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- "Buxoro"ga qarshi bu jamoaning oxirgi o'yinlarini ko'rib chiqqan holda jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Raqib asosan uzun to'p to'zatishlar bilan o'ynashini bilardik. Qarshi hujumlarda va standart vaziyatlarda ehtiyot bo'lishimiz kerakligini yigitlarga uqtirgandik. Va tezkor gol urish kerakligini aytgandik. Jamoamiz harakat qildi, ammo "Buxoro" darvozaboni bir necha bor goldan qutqardi.

- Bugun "Mashal"ga aynan nima etishmadi?

- Shijoat, o'yinga chanqoqlik etishmadi. Harakat qildik, ko'p vaziyatlar bo'ldi, lekin baribir shijoatni ko'rmadim. Raqib 10 kishi bo'lib qolganidan keyin futbolchilarimiz endi oson yutamiz deb o'ylashdi chog'i.

- "Mashal" xavfli zonada boryapti, shunday pallada futbolchilarga shijoat etishmasligi g'alati emasmi?

- Biz har bir o'yinga jiddiy tayyorlanamiz va "Buxoro" bilan qanday bahs kechishini ham bilardik. Lekin raqib jamoa o'z jarima maydonchasi yaqinida "avtobus" qo'ygach gol urish qiyin bo'ldi. Tezkor to'p kiritganimiz ham futbolchilar ruhiyatiga tasir qildi. Ammo to'p nazorati ko'proq biz tomonda bo'ldi.

- "Mashal" gol o'tkazish bo'yicha "Sho'rtan"dan keyin ikkinchi o'rinda boryapti. Himoyada qanday kemtiklarni ko'ryapsiz?

- Himoyamizni ancha yaxshilab oldik. Har holda oxirgi uchrashuvlarda ko'p gol qo'yib yubormayapmiz.

- Sardor Abduraimov maydonni tark etayotganida unda norozilik kayfiyati sezildi.

- Menimcha, gol ura olmagani uning jahlini chiqardi. Bu tabiiy holat, chunki yutishni xohlagandik. Lekin Sardor bilan hech qanday muammomiz yo'q.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика