So’nggi yangiliklar

21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  4 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  283 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  0 20:25ЖЧ саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум бўлди  2 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  7 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   7 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  43 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  7 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  4 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  21 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4

MAQOLA. “Fiorentina” afsonasi, baliqchidan futbolchiga aylangan argentinalik Gabriel Batistuta yoxud “Batigol” haqida Yangiliklar

MAQOLA. “Fiorentina” afsonasi, baliqchidan futbolchiga aylangan argentinalik Gabriel Batistuta yoxud “Batigol” haqida

Bugungi hiqoya qilmoqchi bo'lgan qahramonimiz tarixdagi eng kuchli hujumchilardan biri - “Batigol” laqabi bilan tanilgan argentinalik futbolchi Gabriel Batistuta haqida.

Bolaligida do'stlari to'pni ketidan yugurib yurgan payti u bobosi Melxior bilan Parana daryosi bo'yida baliq tutish bilan mashg'ul bo'lardi. SHuning uchun deyarli futbolga qiziqmasdi. Kunini baliq ovlash, daryoda pul topish bilan o'tkazardi. Maktabda alo baholarga o'qigan Gabriel jismoniy darslarida voleybol va basketbol kabi sport turlarida etakchilikni qo'liga olardi. Barchasi 1978 yilgi Jahon chempionatidan so'ng o'zgardi. Aynan ushbu mundialda Argentina tarixda ilk marotaba mundialda g'olib chiqdi. Mario Kempes esa musobaqaning eng yaxshi to'purari bo'ldi. Kempes yosh Gabrielning hayotini butkul o'zgartirib yuborgandi. Batistuta Kempesning o'yinlaridan zavqlangan holda futbolchi bo'lishga jiddiy ahd qildi. Gabi etuk futbolchi bo'lsada hech qachon futbol sport turini sevmagan. “Nyyuells Old Boyz” klubiga taklif qilinmagunigacha stadion yoki televizor orqali futbolni kuzatmagan edi. SHuning uchun ham uning bolalikdagi futbolga oid malumotlari haqida futbolchining avtobiografiyasida qayd etilmagan. 

19 yoshida yuqorida zikr etilgan jamoada debyut qilgan Gabriel bir mavsumning o'zidayoq “River Pleyt” skautlarining nazariga tushdi. Biroq, uning bu klubdagi faoliyati nihoyatda qisqa kechdi. Nimaga deb o'ylaysizmi? Sochlari sababli. To'g'ri, g'alati tuyulishi mumkin. Jamoaning o'sha paytdagi yosh murabbiyi Daniel Pasarella shogirdidan sochlarini qisqartirishni so'ragan. Gabi esa buni rad etgan. Batistutaning 1991 yilgi Kopa Amerikadagi o'yini “Fiorentina” vice-prezidenti Vittorio Gorida kuchli taassurot uyg'otadi. Turnirda futbolchi etti uchrashuvning oltitasida raqiblar darvozasiga to'p kiritishga muvaffaq bo'lgandi. “Boka Xuniors” o'z hujumchisini Italiyaga ketishiga ortiqcha qarshilik ko'rsatmadi. Boisi, uning ortidan yaxshigina mablag'ga ega bo'ldi. “Batigol” Apenin yarim orolidagi ikkinchi mavsumiga kelib gollar hisobini ochdi. 1992/93 yillarda bosh murabbiy Radiche Effeberg Batistuta, Laudruplardan iborat kuchli tarkibni tuzishni boshladi. Ushbu mavsumda Gabi 13ta gol bilan to'purarlar ro'yhatida beshinchi o'rinni egalladi. Jamoadagi omadsizlik va pasayishlardan so'ng murabbiy istefoga chiqarildi. Bu esa futbolchilarning ruhiyatiga tasir qilmay qolmadi. CHempionatda kayfiyatsiz harakat qilgan “Fiorentina” B seriyaga tushib ketdi. Batigol esa boshqa klublarning yog'li takliflarini rad etib, jamoani qutqarish uchun Florenciyada qolishni afzal ko'rdi. Klub rahbari Vittorio CHekkining vafotidan so'ng uning o'g'li jamoa xo'jayiniga aylandi. Ertakchi murabbiy Klaudio Raneri oradan ikki yil o'tgach jamoa murabbiyiga aylandi. Batistuta uning boshqaruvidagi dastlabki 11 uchrashuvda 11ta gol urdi. Italiyalik mutaxassisning bu rekordini keyinchalik “Lester”da Jeymi Vardi takrorladi. Olisdan beriladigan kuchli zarbalar, standartlardagi to'plar, bosh bilan qoyilmaqom gollar “Batigol”ni universal futbolchiga aylantirdi. 1998/99 mavsumda “Fiorentina” so'ngi turlargacha etakchilikni saqlab qoldi. Lekin, ushbu ustunlikka Batistutaning “Milan”ga qarshi uchrashuvda orttirib olgan jiddiy jarohati nuqta qo'ydi. Yakunda esa florenciyaliklar turnir jadvalini uchinchi o'rinda tugatishga majbur bo'ldi. 

Qahramonimiz sevimli jamoasidagi ohirgi yilida CHempionlar Ligasida qahramonlardan biriga aylandi. “Uemblida” “Arsenal” darvozasini o'tkir burchakdan ishg'olq qildi. Uzoq davom etgan faoliyatidan so'ng jamoani tark etgan futbolchi A Seriyaning boshqa bir klubi Fabio Kapello ustozligidagi “Roma”ga ko'chib o'tdi. Rimliklar futbolchi uchun 36 million evro to'ladi. 30 yoshdan oshgan o'yinchi uchun hech kim bunchalik ko'p mablag' to'lamagandi. “Bo'rilar” uning yordamida uzoq kutilgan skudettoga ega bo'lishdi. 

Afsuski, keyingi mavsumda yana jarohati qaytalagan futbolchi tiklanish maqsadida “Inter”ga keldi. Lekin, o'yini qovushmadi. Jarohatlar ketidan jarohatlar borgan sari uning futbolga bo'lgan mehrini so'ndira boshladi. Umid ilinjida Batistuta Qatarning “Al Arabi" klubiga o'tdi. Bilsangiz yigirmanchi asr boshlarida qatarlik sheyxlar Evropadan nomdor futbolchilarni harid qilishni odat qilgandi. Fernando Yerro, Gvardiola, Frank De Bur keyinchalik Raul singari yulduzlar mamlakatda millionlar o'yini rivojlantirildi. Gabriel butsasini mixqa ilganidan bir necha kun o'tgach u hatto yurolmay qolish darajasiga keldi. O'ng oyog'ining kaft qismi erkin harakatlanishga yo'l qo'ymadi. Og'riq kuchliligidan tunlarni ko'p bor uyqusiz o'tkazardi. Borinki, to'rt qadam naridagi hojatxonaga ham bora olmasdi. Bularga chidolmagan Gabi shifokorlardan oyoqlarini kesib tashlashni so'ragan. Jarroxlik amaliyotidan so'ng u sekin-asta o'ziga kela boshladi va kichik sport turlari bilan shug'ulanib yurdi. “Fiorentina” afsonasi klubdagi o'tkazgan davrlariga afsuslanmaydi. Boisi, u ko'p gollar urgan jamoasiga foyda keltirgandi. Futbolchi uchun bundan ortiq baxt yo'q deb o'ylardi. Xurmat tariqasida Batistuta "Fiorentina"ning shon-sharaf zaliga kiritildi. Faoliyati haqida jurnalistlar birgalikda kitob yozdi. U o'z nomi bilan “Gabriel Batistuta” deb ataldi. U o'z intervyularini birida shunday degandi:

“Men Florenciyani sevaman. CHunki, hayotimning eng buyuk damlarini u erda o'tkazdim. To'g'ri men ko'p sovrinlar yutmadim. Ammo, dunyoga tanildim. “Roma”da o'zimni juda yomon his qilganman”.

Qaerda o'ynagan, qancha qol urgan buning ahamiyati yo'q. Muxlislar uchun doim “Batigol” bo'lib qolaveradi.


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика