Romero: "Messi JCH-2026ga kelib yaxshi formada bo'ladi"
16 sen 2025 19:13
Yangiliklar
Romero: "Messi JCH-2026ga kelib yaxshi formada bo'ladi"
"Tottenxem" sardori Kristian Romero Argentina terma jamoasidagi jamoadoshi Lionel Messi 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyor bo'lishiga ishonch bildirmoqda.
"Tottenxem"ning "Vilyarreal"ga qarshi Chempionlar Ligasining ochilish o'yini oldidan Romerodan "Inter Mayami" yulduzi kelasi yilgi Jahon chempionatiga tayyor bo'ladimi yoki yo'qmi, deb so'rashdi.
Romero quyidagicha javob berdi:
"Men Leo uchun javob bera olaman, u sog'lom, menimcha, bemalol ishtirok etishi mumkin. Biroq oxir-oqibat baribir uning o'zi bir qarorga keladi. Biz hammamiz u bilan o'ynashdan zavqlanamiz, barchamiz uning o'yinini tomosha qilishdan mamnun bo'lamiz. Men uchun va futbolni tushunadigan odamlar uchun uni tarixdagi eng buyuk futbolchi deb hisoblayman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar