"Niderlandiyaga qarshi JCH-1998 yarim finalida 32 kg ga ozganman"
03 jan 12:20
Yangiliklar
"Niderlandiyaga qarshi JCH-1998 yarim finalida 32 kg ga ozganman"
"1998 yil, Niderlandiyaga qarshi JCH yarim finali. Penaltilar seriyasigacha bordik va nima uchunligini bilmayman, lekin men birinchi penaltini tepishim kerak edi. O'shanda atigi 20 yoshda edim.
To'pga yaqinlashgunimcha uni qaysi tomonga tepishni o'ylab bordim. Van der Sarning chap tomoniga qattiq zarba berishga qaror qildim. U baland bo'yli darvozabon. Shu zaylda 2 yil deganda penalti nuqtasiga etib keldim (kuladi).
U qo'llari bilan qarsak chaldi va chapga qaradi. Keyin men uning o'ng tomoniga tepishga qaror qildim. Keyin u yana qarsak chaldi va o'ngga qaradi. Men to'pni o'ng tomon yuqoriga tepdim va yaratganga shukr-ki, u chapga sakradi. O'sha kuni men 32 kilogrammga ozdim (kuladi)".

Malumot uchun, o'sha yarim finalning asosiy vaqti Ronaldo va Patrik Klyuyvertning gollari sabab 1:1 hisobida yakunlangan. Penaltilar seriyasida esa Braziliyadan Ronaldo, Rivaldo, Emerson va Dunga nuqtadan adashmagan. Niderlandiyadan esa Frank de bur va Bergkamp gol urgan, uchinchi va to'rtinchi zarbani ijro etgan Koku hamda Ronald de Bur esa 11 metrlikdan foydalana olmagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar