So’nggi yangiliklar

19:34"Бавария" Меньян учун "Челси" билан рақобатлашади  0 19:07Интизом — энг муҳими. Аморим МЮда қатъий қоида жорий қилди  0 18:41Қозоғистон клублари Левченко, Абрамов ва Кападзега қизиқмоқда  6 18:14Салоҳ етакчилигидаги Миср Ўзбекистон билан ўйинга тайёрланмоқда  5 17:52Расман: Манчини Қатар клубида иш бошлади  1 17:30Франция бугун масалани ҳал қила оладими ва Грузиянинг сўнгги имкони! Барчаси терма жамоаларнинг топ ўйинлари ҳақида  0 17:10Мисрлик журналист: "Ўзбекистонга қарши учрашув Африка Кубоги учун услубни синовдан ўтказиш имконияти дегани. Салоҳ Месси эмас"  2 16:46"Реал" стадиони номига ўзгартириш киритди  6 16:20Кристенсен: "Умид қиламанки, "Барселона"да қоламан. Менда Б режа йўқ"  1 15:51Жеррард Англия жамоаси бошқарувига келиши мумкин  0 15:27Ўзбекистонлик ҳакамлар Португалия – Бельгия баҳсида ишлайди  2 14:53Ҳоланд, Нету, Винисиус Европанинг энг тезкор футболчилари қаторидан жой олди  4 14:25Мбаппе Упамеканони "Реал"да кўришни хоҳлайди  1 13:58"Челси" собиқ футболчиси юрак муаммолари туфайли касалхонага ётқизилди  0 13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  4

O'FA terma jamoalar bo'limi sobiq rahbari: "Argentina o'yinlarda ishtirok etishdan bosh tortdi, biz esa Urugvay bilan kelishuvga erishdik" Yangiliklar

O'FA terma jamoalar bo'limi sobiq rahbari: "Argentina o'yinlarda ishtirok etishdan bosh tortdi, biz esa Urugvay bilan kelishuvga erishdik"

O'FA terma jamoalar bo'limi sobiq rahbari Sherzod Igamberdiev MTJ oktyabrdagi FIFA kunlariga ikkinchi raqib topa olmagani bo'yicha izoh berdi.

"O'rtoqlik o'yinlari bir oy oldin emas, balki ancha oldin tasdiqlanadi, shuning uchun oktyabr oyining birinchi sanasida hali raqib topa olmaganimizning ildizi sentyabrga borib taqalmaydi.

Kuzgi o'yinlarni o'tgan yildan beri izlab yurgandik. Oktyabr oyi uchun bizda Argentina va Urugvay ishtirokidagi Xitoydagi o'tkaziladigan musobaqa varianti bor edi. Bu turnir haqida Ravshan Sayfiddinovich Ermatovning o'zi Xitoy associaciyasi rahbariyati bilan shu yilning bahorida Malayziyadagi OFK Kongressida bo'lganimizda gaplashgandi. Biroq, malum ichki sabablarga ko'ra, Xitoy bu o'yinlarni bekor qildi (oxir-oqibat, o'zi ham oktyabr oyida o'ynamaydigan bo'ldi), o'yinlar homiysi bo'lgan Xitoy kompaniyasi esa biz bilan ushbu uchrashuvlar bo'yicha muzokaralarni davom ettirdi, lekin endi o'yinlar Xitoyda emas, Malayziyada o'tkaziladigan bo'ldi.

Malum bir bosqichda Argentina o'yinlarda ishtirok etishdan bosh tortdi, biz esa 9-oktyabr kuni Malayziyada Urugvay bilan o'yinni tasdiqladik. Shundan kelib chiqib, oktyabr oyining ikkinchi sanasi - 13 yoki 14-oktyabr uchun variantlarni izladik. Ammo, avgust oyida Urugvay bizga 9-kuni o'ynay olmasligini malum qildi va o'yinni 13-oktyabrga ko'chirishni yoki o'yinni bekor qilishni so'radi.

Oktyabr oyining ikkinchi sanasiga bo'lgan kelishuvlarimizni bekor qildik. Oxirgi pallada 9-oktyabrga variantlar qidira boshladik. Yuqori moliyaviy so'rovlar tufayli Boliviya bilan kelishuvga erisha olmadik. Yakunda ular Iordaniya bilan o'ynaydigan bo'lishdi, Marokash esa bizga qari faqat o'z maydonida o'ynashga tayyor edi. Rossiya bilan bo'lgan variantni Xitoydagi musobaqa ehtimoli paydo bo'lgani tufayli oldinroq bekor qilib yuborgandik. Ushbu uchta terma jamoa oktyabr oyida rasman MTJ bilan o'rtoqlik o'yinida ishtirok eta olishini tasdiqlagan edi.

Buyog'iga bunday tushunmovchiliklar bo'lmasligi kerak. Noyabr oyida ko'plab yaxshi darajadagi Afrika terma jamoalari bilan o'ynash imkoniyati bo'ladi. Kelasi yil mart oyida esa Portugaliya terma jamoasi bilan o'ynashimiz mumkin. Ravshan Irmatovning shaxsan o'zi sobiq FIFA hakami va hozirgi kunda Portugaliya futbol federaciyasi prezidenti Pedro Proensa bilan gaplashgandi. Shuningdek, Toshkentda FIFA Series musobaqasiga mezbonlik qilish imkoniyatimiz bor. FIFAning yangi musobaqasini o'tkazish uchun arizani yil boshida topshirgan edik. FIFAdan esa yaqindagina javob keldi, Janni Infantino Toshkentga kelgan vaqti.

1-iyunda esa JCH-2026 mezbon terma jamoalarining biri bilan o'ynaymiz. Kelishuv imzolanib ham bo'lgan. Muhimi, mundialda ushbu terma jamoa bilan bir guruhdan joy olmasak bo'lgani," - deya yozmoqda Sherzod Igamberdiev ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridan birida.


Reyting: +2   

Fikrlar

+3   
01 okt 10:11:29
Холмирзаев Комил
РАВШАН ЭРМАТОВ УФА ДА. ИШ БОШЛАГАНИДАН. КЕЙИН. ФУТБОЛ ИМИЗДА УЗГАРИШ ЛАР КУЗАТИЛЯТИ ЖАХОН ЧЕМПИОНАТ ЛАРИ НИ КУРГАН ТАЖРИБАСИ АС КОТЯПТИ
+1   
01 okt 11:50:23
Okeni Arsenali qaytdi!
Tema umuman boshqa Lekin kommenta biz chuqalash bn bandmiz.
+1   
01 okt 09:36:48
NEWS 24
Yaxshi raqiblar faqat bollar jarohatlarsiz oyin amaliyoti bilan borsa bolgani
+1   
01 okt 09:31:16
Тож
Равшан Эрматов билан Равшан Ирматов ака-уками? Матнда шунақа шекилли?
   
01 okt 23:28:37
Haqiqat-2
йуцу цйвцв ывыжфдвыф в foydalanuvchining fikriga javob berish
Birinchi raqib Quvayt bo'larkan
Ха рахмат
   
01 okt 17:49:41
Azizxon Sodiqxojayev
Тож foydalanuvchining fikriga javob berish
Равшан Эрматов билан Равшан Ирматов ака-уками? Матнда шунақа шекилли?
Улар адаш, фамилияларида ўхшашлик бор. Бири "Эрматов", бошқаси " Ирматов" лекин икковини отаси бир Сайфутдинович. Иккови машхур хакам бўлган.
"Иван Васильевич касбини ўзгартирди" да "унда эрингиз иккита экан да?" деган жойини эслатиб юборди. ????
   
01 okt 17:40:19
uzb
Тож foydalanuvchining fikriga javob berish
Равшан Эрматов билан Равшан Ирматов ака-уками? Матнда шунақа шекилли?
Қариндош булса кк,балки амакивачадир))) имловий хатоми бу ёки билиб туриб Э харфини И га узгартириб ёзишганми? Тушинолмадим
   
01 okt 16:36:57
sss ddd
Кувайт билан уйнайди
   
01 okt 16:35:12
Дилмурод
Тож foydalanuvchining fikriga javob berish
Равшан Эрматов билан Равшан Ирматов ака-уками? Матнда шунақа шекилли?
Проста фамиляси бир хил
   
01 okt 16:34:41
Дилмурод
Тож foydalanuvchining fikriga javob berish
Равшан Эрматов билан Равшан Ирматов ака-уками? Матнда шунақа шекилли?
Проста фамиляси бир хил.
   
01 okt 14:01:54
M.Abdulloh
Эгамбердиев бўшаб, ўрнига ким бўлди.
   
01 okt 13:54:11
Abdusalom Mirzayev
Тож foydalanuvchining fikriga javob berish
Равшан Эрматов билан Равшан Ирматов ака-уками? Матнда шунақа шекилли?
Эгизак, худди Анвар Санаев билан Анвар Ғаниевга ўхшаш.
   
01 okt 13:28:01
йуцу цйвцв ывыжфдвыф в
Haqiqat-2 foydalanuvchining fikriga javob berish
Хуллас октябрда битта уйинда тушарканмиз
Birinchi raqib Quvayt bo'larkan
   
01 okt 11:15:49
Tilla
Шунча бахона каердан келаколадия каллаларинга силарни а каллаларинга силарни
   
01 okt 10:35:34
ArsaBarsa
Холмирзаев Комил foydalanuvchining fikriga javob berish
РАВШАН ЭРМАТОВ УФА ДА. ИШ БОШЛАГАНИДАН. КЕЙИН. ФУТБОЛ ИМИЗДА УЗГАРИШ ЛАР КУЗАТИЛЯТИ ЖАХОН ЧЕМПИОНАТ ЛАРИ НИ КУРГАН ТАЖРИБАСИ АС КОТЯПТИ
Nomini ham uncha bunchasi taniydida
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика