

O'yin Kolumbiyaning Bogota shahridagi "El Kampin" stadionida bo'lib o'tdi. Unda mezbon futbolchilar 3:1 hisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida kolumbiyaliklar himoyachisi Davinson Sanches vinger Luis Diasning uzatmasidan so'ng hisobni ochdi. Oradan etti daqiqa o'tib, vinger Diasning o'zi ham gol urib, mezbonlar ustunligini mustahkamladi. Unga Xorxe Karraskal assistentlik qildi. 33-daqiqada kosta-rikalik yarim himoyachi Andrey Soto bitta javob to'pini kiritdi. 81-daqiqada esa hujumchi Luis Suares o'yinning yakuniy hisobini o'rnatdi.



