OFK yilning eng yaxshilarini aniqladi! Alirizo Beyranvand - tarixda bu sovrinni qo'lga kiritgan ilk darvozabon, Li Kan In yana tengsiz!

Aslanov Jasurbek
19 noya 2026, 19:18
Tailand poytaxti Bangkok shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasining (OFK) 2026 yilgi mavsum yakunlariga bag'ishlangan "AFC Awards" taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Kechaning eng asosiy voqeasi erkaklar o'rtasida yilning eng yaxshi futbolchisi nominaciyasida qayd etildi. Unga ko'ra, Eron terma jamoasi darvozaboni Alirizo Beyranvand 2026 yilda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Shu tariqa, Beyranvand mazkur nufuzli sovringa ega chiqqan tarixdagi ilk darvozabon sifatida rekord o'rnatdi.

Shuningdek, boshqa nominaciyalar bo'yicha ham g'oliblar nomi ma'lum bo'ldi:

  • Yilning eng yaxshi futbolchisi (erkaklar): Alirizo Beyranvand (Eron)

  • Yilning eng yaxshi futbolchisi (ayollar): Kim Kyong Yong (KXDR)

  • Xorijda to'p tepayotgan eng yaxshi osiyolik futbolchi (erkaklar): Li Kan In (Janubiy Koreya)

  • Xorijda to'p tepayotgan eng yaxshi osiyolik futbolchi (ayollar): Keytlin Ford (Avstraliya)

  • Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi (erkaklar): Ryunoske Sato (Yaponiya)

  • Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi (ayollar): YU Jong Xyang (KXDR)

  • Yilning eng yaxshi murabbiyi (erkaklar): Go Kuroda (Yaponiya)

  • Yilning eng yaxshi murabbiyi (ayollar): Marziya Jafariy (Eron)

Ma'lumot o'rnida, "Machida Zelviya" klubini OCHL Elit finaligacha olib chiqqan Go Kuroda eng yaxshi murabbiy deb topilgan bo'lsa, U-23 Osiyo Kubogida g'olib chiqib, musobaqaning eng yaxshi futbolchisiga (MVP) aylangan Ryunoske Sato eng yaxshi yosh futbolchi sovrinini qabul qilib oldi. Li Kan In esa ketma-ket ikkinchi bor qitaning eng yaxshi legioneri maqomini saqlab qoldi.

Osiyoning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritgan so'nggi 10 nafar futbolchi:

  • 2026 - Alirizo Beyranvand (Eron)

  • 2025 - Salim Al Dovsari (Saudiya Arabistoni)

  • 2023 - Akram Afif (Qatar)

  • 2022 - Salim Al Dovsari (Saudiya Arabistoni)

  • 2019 - Akram Afif (Qatar)

  • 2018 - Abdulkarim Hassan (Qatar)

  • 2017 - Umar Xribin (Suriya)

  • 2016 - Umar Abdulrahmon (BAA)

  • 2015 - Ahmad Xalil (BAA)

  • 2014 - Nosir Al Shamroni (Saudiya Arabistoni)

Eslatib o'tamiz, ushbu sovrinni o'zbekistonlik futbolchilar orasida faqatgina Server Jeparov (2008 va 2011 yillarda) qo'lga kiritgan.

1200px-Pakhtakor_Markaziy_Stadium.jpg

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-afc.com