

O'rtoqlik uchrashuvi
Kanada - O'zbekiston 2:0 (TUGADI)
Kanada. Edmonton shahri. “Commonwealth” stadioni
Hakamlar: Marko Ortiz, Kristian Kiabek, Maykl Morales, Jorje Kamacho (barchasi Meksika)
Komissar: Mateu Chemberland (Kanada)
Gol: Jonatan Osorio (Tani Oluvaseyi) 58, Maykl Nelson 90
Kanada: 16. Maksim Krepau (1. Dayne St. Klair, 46) 2.Alistair Jonston (12. Tani Oluvaseyi, 46), 7. Stefen Eustakuio ( 21. Jonatan Osorio,46), 8. Ismael Kone (25. Nathan Saliba, 46), 9. Sayl Larin ( 28. Ralf Priso, 46) , 10. Jonatan David ( 24. Promise David, 70), 11. Liam Millar (,29. Jayden Nelson,46) 13. Derek Kornelius (3. Alfie Jones, 70), 15. Moise Bombito (4. Luk De Fougerolles, 31), 17. Tajon Buchanan ( 6. Mateu Choiniere, 46), 22. Richi Lareya (23. Niko Sigur, 31)
Zaxira: 5. Joel Vaterman,18. Oven Gudman, 20. Ali Ahmed, 27. Zorhan Bassong
O'zbekiston: 12. Abduvohid Ne'matov, 2. Abduqodir Husanov, 4. Farruh Sayfiev (21. Igor Sergeev, 84), 5. Rustam Ashurmatov, 7. Otabek Shukurov (6. Akmal Mozgovoy,70), 9. Odil Hamrobekov (23. Sherzod Esanov, 84), 11. Oston O'runov (28. Aziz Amonov, 70), 13. Sherzod Nasrullaev, 14. Eldor Shomurodov, 18. Abdulla Abdullaev (27. Jahongir O'rozov,70), 19. Aziz G'aniev ( 22. Abbosbek Fayzullaev, 22)
Zaxira: 1. O'tkir Yusupov, 16. Botirali Ergashev, 8. Jamshid Iskanderov, 10. Jaloliddin Masharipov, 15. Umar Eshmurodov, 17. Dostonbek Hamdamov, 20. Jasur Jaloliddinov, 25. Avazbek O'lmasaliev, 29. Ruslan Jiyanov
Ogohlantirishlar: Azizjon G'aniev (O'zbekiston) 2, Farruh Sayfiev (O'zbekiston) 9, Liam Millar (Kanada) 40, Derek Kornelius (Kanada) 43
Uchrashuv yakunlandi, 2:0
90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
90. GOL. Nelson Jeydon juda oson gol urdi, 2:0. Kanada bizni eyforiyadan tushirdi.
85. ZARBAAAA. Sergeev uzoqdan kuchli zarba yo'lladi. Bu raqib posboniga muammo tug'dirmadi.
84. O'ZGARISH. Farruh Sayfiev o'rniga Igor Sergeev, Odil Hamrobekov o'rniga Sherzod Esanov tushdi.
80. Kanadaning goli o'yindan tashqari holat sabab hisobga olinmadi. Davids Promise darvozamiz to'rini titratgan edi.
76. Eldor Shomurodov yaxshi kirib bordi, Nasrullaev yakun yasay olmadi.
70. O'ZGARISH. O'zbekiston, Otabek Shukurov o'rniga Akmal Mozgovoy, Abdulla Abdullaev o'rniga Jahongir O'rozov, Oston O'runov o'rniga Azizbek Amonov tushdi.

66. Haddan tashqari orqada o'tirib qoldik.
64. Kanada pressingda yaxshi o'ynamoqda. Biznikilar o'yindan uzilib qoldi.
58. GOL. Kanada uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochdi. Zaxiradan maydonga tushgan Osorio jarima maydonchamiz ichida aniq zarba bilan Ne'matov darvozasini ishg'ol qildi.
50. Ehtiyotkorlik asosiy planda qolyapti.
46. Kanada ikkinchi bo'limni 7 ta o'zgarish bilan boshladi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
44. ZARBAAAAA. Abbos Fayzullaevning ajoyib uzatmasidan so'ng Shomurodov boshi bilan zarba yo'lladi. Darvozabondan seyv.
43. OGOHLANTIRISH. Yana Fayzullaevni qo'pollik bilan to'xtatib qolishdi. Derek Kornelius
40. Kanadaning hujumini Abdulla Abdullaev qaytarib yubordi.
40. OGOHLANTIRISH. Liam Millar, Kanada. U Abbosga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
37. To'p nazoratidagi ustunlik bizda.
31. O'ZGARISH. Kanada, Moise Bombito o'rniga Luk De Fougerolles, Richi Lareya o'rniga Niko Sigur tushdi.
30. ZARBA. Kanadadan Sayl Larin zarba yo'lladi, noaniq.

27. ELDOOOOOR. Shomurodov jamoadoshidan to'pni qulay qabul qilib olib zarba berdi. Darvozabon to'pni qaytardi. Ikkinchi qulay imkoniyat.
22. O'ZGARISH. Azizjon G'aniev o'rniga Abbos Fayzullaev tushdi.
21. AFSUS. Azizjon G'aniev jarohat olib maydonni tark etdi. U almashtiriladi.
15. Vakillarimiz o'ng qanotdan oldinga o'tdi. Sayfievning uzatmasini raqib himoyachisi qaytarib yubordi.
9. OGOHLANTIRISH. Farruh Sayfievga sariq kartochka ko'rsatildi.
7. EEEEEEH. Eldor Shomurodov raqibdan to'pni olib qo'yib darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va darvozabondan ham o'tib darvozaga noaniq zarba berdi. Juda qulay imkoniyat ediyayayaya.
2. Oston O'runov raqib jarima maydonchasiga kirib bordi. Keskinlik oxiriga etmay qoldi.
2. Azizjon G'aniev raqibini qo'pollik bilan bilan to'xtatib qolgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.
1. Abduvohid Ne'matov to'pga chiqib kelib xavfni bartaraf etdi.
O'yinga start berildi.

Jamoalar maydonga chiqib keldi. Hamma narsa tayyor!
Fabio Kannavaro Sherzod Temirov, Umarali Rahmonaliev, Xojiakbar Alijonov, Behruz Karimovni qaydnomaga kiritmadi.
Havo salqin, yomg'irli. Lekin bu ahamiyatsiz.
Xayrli tong. Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Kanada bilan kuch sinashadi. O'yin Edmontonda bo'lib o'tadi.



