"Manchester Yunayted" Serxio Romeroni ECHLda ro'yxatdan o'tkazmadi Yangiliklar

"Manchester Yunayted" Serxio Romeroni ECHLda ro'yxatdan o'tkazmadi

"Manchester Yunayted" posboni Serxio Romero transferlar oynasining so'nggi kunida "Everton"ga o'tishi mumkin edi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, o'shanda "irislar" posbonning ijarasiga 2 mln evro taklif qilgan, biroq mankunianliklar bunga rad javobini bergan. Qiziq tomoni shundaki, "qizil iblislar" 33 yoshli darvozabonni ECHLda ro'yxatdan o'tkazmagan. Bu esa rahbariyat va kiperning o'rtasidagi munosabatlarga yomon tasir qilgan. O'z navbatida rahbarlar ham bu borada Romero bilan gaplashib olmagan.

Aytilishicha, "Manchester Yunayted" darvozabonni 8 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика