“Lokomotiv" matbuot xizmati: “Atletiko”dagi yigitlar, iltimos, keyingi safar Google Translate’dan foydalanmang”
03 noy 2020 20:25
Yangiliklar
“Lokomotiv" matbuot xizmati: “Atletiko”dagi yigitlar, iltimos, keyingi safar Google Translate’dan foydalanmang”
CHempionlar Ligasi 3-turi doirasida bugun “Lokomotiv” o'z maydonida “Atletiko”ni qabul qiladi.
Uchrashuv oldidan “matraschilar” o'z sayti orqali raqib jamoa futbolchilari haqida malumot berishda adashdi va bunga moskvaliklar etibor qaratishdi. Jumladan, “Loko” himoyachisi Artur CHyorniy “Atletiko” saytida Arthur Negro deb berildi. SHuningdek, ular bergan ro'yxatdan hozirda “Rotor”da ijarada bo'lgan Solomon Kverkveliya va “Atalanta”ga transfer bo'lgan Aleksey Miranchuk ham joy oldi.
“Atletiko”dagi yigitlar, iltimos, keyingi safar Google Translate’dan foydalanmang”, deya ushbu xatoliklarga munosabat bildirgan “temiryo'lchilar” matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, “Lokomotiv” – “Atletiko” uchrashuvi 22:55 da start oladi.
Lads @atletienglish, please don’t use Google Translate next time#LokoAtleti | #UCL pic.twitter.com/gvER2d5vs2
— FC Lokomotiv Moscow (@fclokomotiv_eng) November 3, 2020
Fikrlar