Lindelof: "Mavsumni juda yomon boshladik. Bu nima bilan bog'liqligini o'zim ham tushunmayapman"
13 okt 2020 22:16
Yangiliklar


Lindelof: "Mavsumni juda yomon boshladik. Bu nima bilan bog'liqligini o'zim ham tushunmayapman"
"Manchester Yunayted" himoyachisi Viktor Lindelof jamoaning mavsum startidagi o'yinlari haqida gapirdi.
"Mavsumni yaxshi boshlay olmadik. Bu nima bilan bog'liq ekanligini o'zim ham tushunmayapman. O'tgan mavsum evrokuboklarda uzoqqa borganimiz esa bahona bo'la olmaydi. To'g'risini aytganda, yangi mavsum arafasida juda kam dam oldik.
SHuningdek, tayyorlanish uchun atigi 1-2 hafta vaqt berildi va buning yuqori bosqichiga chiqa olmadik. Termalarning o'yinlaridan keyin ko'pchilik futbolchilar biroz kuch to'plab oladi va oldingidek chiroyli o'yin ko'rsata olishimiz mumkin", - dedi Lindelof.
"Yunayted" 3-turdan keyin 3 ochko to'plagan holda 16-o'rinni egallab turibdi. Jamoaning navbatdagi uchrashuvi 17 oktyabr kuni "Nyukasl"ga qarshi bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar