Levan Gvazava: “Jarohatlar ortda qoldi”
10 may 2014 08:05
Yangiliklar
Levan Gvazava: “Jarohatlar ortda qoldi”
"Neftchi" jamoasining gruziyalik legioneri Levan Gvazava nihoyat malum muddatlik davolanishlardan so'ng yana safga qaytdi.
- Jarohat ortda qoldi va bir necha kundan beri mashg'ulotlarda ishtirok etyapman, - deb so'zini boshladi Gvazava. – Futbolda jarohatlardan hech kim kafolatgan emas. Qachon safdan chiqishingni bilmaysan. O'ylaymanki, hammasi ortda qoldi va maydonga tushishga tayyorman deya olaman.
- Yangi jamoaga kelib mavsum boshidayoq safdan chiqishingizni o'ylamagan bo'lsangiz kerak?
- Albatta, bunday bo'lishini hayolimga ham keltirmagandim. Menimcha, hech kim bunday bo'lishini xohlamaydi. Lekin futbolda kutilmagan holatlar doim bo'lib turadi.
- Bu jarohat 2-turda “Paxtakor” bilan bo'lgan o'yinda yuz berganmidi?
- Ha, o'sha uchrashuvning birinchi bo'limda jarohat oldim. Bu ichki jarohat bo'lib tuzalishiga bir oydan ortiq vaqt ketdi. Mavsum boshida maydonimizning holati yaxshi emasdi. Balki jarohat olishimga maydon ham tasir qilgan bo'lishi mumkin.
- Keyingi turda “Olmaliq” jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushishingiz mumkinmi?
- Asosiy tarkibga kimni kiritishni va zaxiradan qaysi futbolchilarni maydonga tushirishni murabbiy hal qiladi. Agar murabbiy menga ishonch bildirda albatta o'ynashga tayyorman. Jarohat tufayli bir necha uchrashuvlarni o'tkazib yubordim. SHu bois o'zim ham futbolni ancha sog'inib qoldim.
- Jarohat olib safdan chiqqaningizdan so'ng ko'pchilik sizni ortga qaytib ketishingizni o'ylagandi.
- Yo'q, uyga bormadim va Farg'onada qolib davolandim. SHuningdek, jamoa bilan birga bo'ldim.
- “Neftchi” mavsumni juda muvaffaqiyatsiz boshladi. Mohir legioner sifatida bu omadsizlikni qanday izohlaysiz?
- Bilasizmi, bu yil “Neftchi” tarkibi yangitdan tuzildi. Deyarli barcha chiziqlarga yangi o'yinchilar taklif etildi. SHuning uchun dastlabki o'yinlarda tushunmovchiliklar yuz berishi aniq edi. Jamoa ko'rsatayotgan o'yin yomon emas. Faqat natija ko'ngildagidek bo'lmayapti. O'ylaymanki, bu vaqtinchalik holat va albatta biz uchun yorug' kunlarda ham keladi. Qolaversa, oldinda hali o'yinlar ko'p.
- Balki tarkib tuzishda xatoga yo'l qo'yilgandir. Futbolchilarning saviyasini qanday baholaysiz?
- Jamoaga yaxshi ijrochilar jalb etilgan deb ayta olaman. Ularning barchasi yaxshi saviyadagi futbolchilardir. Faqat jamoaviy o'yin ko'rsatib, bir-biriga kirishib ketishi qiyin kechmoqda xolos.
- Mana 7 tur o'tibdiki jamoangiz hali biror marta yutgani yo'q. Muxlislar esa dastlabki g'alabani kutishmoqda. Buni ham to'g'ri tushunish kerak. Birinchi g'alabaga oz qoldi deb ayta olasizmi?
- Qaysidir o'yinlarda bizga omad ham etishmaganini aytib o'tishim kerak. To'g'ri, muxlislarga hamisha g'alaba yoqadi va buni ayni paytda yaxshi his qilib turibmiz. Ammo futbolda oldindan hech nimani aytib bo'lmaydi. Maydon tekis, to'p dumaloq deb bejizga aytishmaydi. “Neftchi” barcha uchrashuvlarda maydonga faqat g'alabani o'ylab tushmoqda. Biroq kerakli ochkolarni qo'lga kirita olmayapmiz. Endi “Olmaliq”qa qarshi uchrashuvda ishqibozlarga g'alaba taqdim etishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.
- Bir tarafdan omadsiz start, ikkinchi tomondan siz ham jarohat olib bir nechta o'yinlarni o'tkazib yubordingiz. Vaholanki, sizdan ko'p narsa kutishgandi...
- Ketma-ket mag'lubiyatlar futbolchilarga ruhan o'z tasirini o'tkazmay qo'ymadi. Ayni damda shuni ham engib o'ta olmayotgan bo'lishimiz mumkin. Albatta, men ham qiyin vaziyatda jamoamga yordam berishni xohlagandim. Lekin bunday bo'lmaganidan afsusdaman. To'g'ri, bundan endi foyda yo'q va hammasi o'tib bo'ldi. Endi qolgan uchrashuvlarda ijobiy natijalar ko'rsatishga harakat qilishimiz kerak.

Fikrlar