"Lester" 17 yoshli turkiyalik hujumchini xarid qilishi mumkin
19 mar 2020 01:18
Yangiliklar
"Lester" 17 yoshli turkiyalik hujumchini xarid qilishi mumkin
"Bursaspor" klubi hujumchisi Ali Akman Faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
"Fotospor" nashri xabar berishicha, "Lester" mutasaddilari 17 yoshli turkiyalik forvadning xizmatlariga qiziqish bildiryapti. "Tulkilar" umidli futbolchini yozgi transfer mavsumida xarid qilmoqchi. Malumot uchun, Alining "Bursaspor" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar belgilangan. U Turkiya Superligasining joriy mavsumida 15 bellashuvda maydonga tushib, 2 bor raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan.
Fikrlar